Lee Stecklein




Lee Ethel Stecklein (talaffuzi: Li Steklayn; 1994-yil 23-aprelda tugʻilgan) — amerikalik xokkey himoyachisi, hozirda PWHPA ning Minnesota jamoasida oʻynaydi. Lee Ethel Stecklein Qoʻshma Shtatlar ayollar milliy xokkey jamoasi bilan xalqaro miqyosda oʻynagan va 2014-, 2018- va 2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Minnesota Golden Gophers kollejida ham xokkey oʻynagan.

Lee Ethel Stecklein Minnesota shtatining Roseville shahridan boʻlib, Roseville hududi oʻrta maktabini tamomlagan. Lee Ethel Stecklein 2016 NWHL ligasi Buffalo Beauts jamosining ikkinchi tarkibga kiritilgan.

Faoliyati



NCAA



Lee Ethel Stecklein birinchi mavsumda (2012—2013) Minnesotada 41 ta oʻyinda qatnashib, uchta gol va toʻqqizta golli uzatmani amalga oshirdi

AQSh Xokkey



Lee Ethel Stecklein Amerika Qoʻshma Shtatlari terma jamaosi bilan 2013-yilgi IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida va 2013-yilgi 4 millat kubogida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2015-, 2016- va 2017-yillardagi jahon chempionatlarida hamda 2014-, 2018- va 2022-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida AQSh terma jamoasini himoya qilgan.

NWHL




2018-yil 20-iyun kuni Lee Ethel Stecklein 2018—2019-yilgi mavsumda Minnesota Whitecaps bilan Milliy Xokkey Ligasi (NWHL) aʼzosi sifatida shartnoma imzoladi. Shannon Szabados bilan birga Lee Ethel Stecklein NWHL 4-oʻyinida jamoa sardor sifatida ishtirok etdi.

Mukofot va unvonlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz