Lee So-jung
Lee So-jung (1993- yil 3-sentyabrda tugʻilgan),
Sojung mononimi bilan mashhur, janubiy koreyalik qoʻshiqchi. U Janubiy Koreyaning „Ladies' Code“ qizlar guruhi aʼzosi sifatida tanilgan. Sojung 2017-yilning mart oyida „Better Than Me“ singli bilan solist sifatida debyut qilgan.
Yoshligi
Lee 1993-yil 3-sentyabrda Janubiy Koreyaning Gangvon provinsiyasining Vonju shahrida tugʻilgan. U Dankuk universitetida oʻqigan va u yerda zamonaviy musiqa boʻyicha tahsil olgan.
Faoliyati
2012-yilda Lee oʻsha yilning 10-fevralida birinchi epizodini namoyish etgan „The Voice of Korea“ iqtidorlilar uchun efirga uzatiluvchi shouda tinglovdan oʻtdgan. Tanlov uchun u bir nechta qoʻshiqlarni chiqargan, jumladan, „2 Different Tears“, „Wonder Girls“ qoʻshigʻining talqini „Memory Loss (기억 상실)“ va „No More“. 30-mart kuni efirga uzatilgan shouning yakuniy qismi davomida Lee gʻoliblardan biri sifatida eʼlon qilingan.
Sojungning 21 yoshga toʻlgan kunida, 2014-yil 3-sentyabr u va boshqa guruh aʼzolari avtohalokatga uchragan. „Ladies' Code“ Seuldan ochiq konsertdagi chiqishlaridan qaytayotgan edi. Bir necha daqiqadan soʻng Lining guruhdoshi EunB vafot etgani eʼlon qilingan. Boshqa aʼzolar Lee va Riz jiddiy jarohat olib, Koreya Katolik Universitetining Suvon shahridagi Sent-Vinsent kasalxonasiga olib ketilgan. Lining ahvoli barqarorlashgan, ammo Risening ahvoli yomonlashib, u Aju universiteti kasalxonasiga yotqizilgan va u erda toʻrt kundan keyin 2014-yil 7-sentyabrda vafot etgan. Lee oʻz shahridagi kasalxonaga yotqizilgan. Qolgan uchta aʼzo 12-noyabr kuni guruh yotoqxonasiga qaytib kelishgan, Lee esa ambulator davolanishni davom ettirgan.
Baxtsiz hodisadan keyin „Ladies' Code“ guruhiga qaytganidan soʻng, Lee 21-fevral kuni "King of Mask Singer " isteʼdodlar shousining ikkita epizodida ishtirok etgan.
2021-yil aprel oyida Lee „JTBC Studios“ bilan shartnoma imzolagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org