Lee Na-eun




Li Na-eun (1999-yil 5-mayda tugʻilgan), Naeun nomi bilan ham tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U Janubiy Koreyadagi „April“ qizlar guruhining sobiq aʼzosi. Guruh faoliyatidan tashqari, Naeun „A-Teen“ (2018), „A-Teen 2“ (2019) va "Extraordinary You" (2019) filmlarida ham rollar ijro etgan. U 2019-yil oktyabrdan 2021-yil fevraligacha „NCT“ guruhi aʼzosidan Jaehyun va „Monsta X“ guruhidan Minhyuk bilan birga „Inkigayo“ musiqiy dasturida boshlovchilik qilgan.

Faoliyati



Li Na-eun birinchi marta 2015-yil 21-iyulda „DSP Media“ tomonidan „April“ guruhi aʼzosi sifatida tanishtirilgan. Guruh 24-avgust kuni „Dreaming“ mini-albomi va „Dream Candy“ nomli treki bilan guruhda debyutini qilgan. Naeun oʻzining rasmiy aktyorlik debyutini 2016-yilda „Apr-l Love“ veb-dramasida qilgan. U, shuningdek, 2017-yilda "KBS2" telekanalining „My Father is Strange“ filmida kichik rol ijro etgan.

2014-yil fevral oyida u "KBS" telekanalining “Wonferful days” dramasida suratga tushgan. 2018-yilda Naeun „April“ aʼzosi Jinsol bilan birga „SBS TV“ telekanalining "Switch" Amerika teleseriali saundtrekida ishtirok etishi maʼlum boʻlgan. „Stars In The Night Sky“ treki 2018-yil 2-mayda chiqarilgan. Shuningdek, 2018-yilda Naeun oʻsmirlar uchun „A-TEEN“ (2018) dramasida va 2019-yilda seriyaning ikkinchi mavsumida bosh rolni ijro etishi eʼlon qilingan edi. Naeun, shuningdek, „MBC“ ning „Extraordinary You“ fantaziya dramasi da rol ijro etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz