Lee Joon Gi
Lee Joon Gi (koreyscha: 이준기; 1982-yil 17-aprel, Pusan) — Janubiy Koreyalik aktyor, qoʻshiqchi va model. U birinchi marta „Qirol va saroy masxarabozi“ („왕의 남자“) (2005) filmidagi roli uchun shuhrat qozongan.
Faoliyati
Lee Joon Gi oʻzining birinchi yirik aktyorlik rolida 2005-yilda „Qirol va saroy masxarabozi“ filmida suratga tushgan, filmda u Choson sulolasidan boʻlgan goʻzal masxaraboz Gong Gil obrazida rol ijro etgan. Ham tanqidiy, ham tijoriy muvaffaqiyatga erishgan film oʻsha paytda nomaʼlum boʻlgan aktyorni butun Osiyoda yulduzlikka olib chiqdi. U Korean Film Awards, Grand Bell Awards va Baeksang Art Awards taqdirlash marosimlarida „Eng yaxshi yangi boshlovchi“ sifatida mukofotlarni qoʻlga kiritgan.
Joon Gi Lee Da He va Lee Dong Wook bilan birga „Mening qiz doʻstim“ („내 여자“) dramasida ishtirok etgan. Romantik komediya seriali mamlakat ichida ham, butun Osiyoda ham xit boʻlib Lee Joon Koreya toʻlqinining bir qismiga aylangan.
2007-yilda Lee Joon Gi Aoi Miyadzaki bilan „Birinchi qor“ koreys-yapon filmida rol ijro etdi, filmda u koreys talaba rolini oʻynaydi. Film muvaffaqiyatli boʻlgan, Yaponiyada ishlab chiqarilgan koreys filmining chiptalar sotuvi yangi rekord oʻrnatgan. Lee 27-Gavayi xalqaro kinofestivalida „Koʻtarilayotgan yulduz“ mukofotini olgan . Oʻsha yili u 1980-yildagi Kvanju qoʻzgʻoloni bilan bogʻliq „18-may“ („화려한 휴가“) filmida ishtirok etgan. „18-may“ tijoriy jihatdan yaxshi natija ko‘rsatgan va keyinchalik 2007-yilda „Eng yaxshi badiiy film“ sifatida Oltin orxideya mukofotiga sazovor bo‘lgan.
2009-yil 5-avgustda Lee Koreya turizm tashkilotining reklama elchisi etib tayinlandi. Xuddi shu yili u „Hero“ komediya dramasida muxbir rolida suratga tushdi.
2013-yilda u „Ikki hafta“ („2주“) filmida qotillikda ayblanib, qizini leykemiyadan qutqarishga urinayotgan ota rolini ijro etgan. U roli uchun 2-APAN Star mukofotiga sazovor boʻlgan.
2016-yil yanvar oyida Lee „Scarlet Heart“ xitoy teleserialining koreyscha talqini bo‘lgan „Moon Lovers: Scarlet Heart Ryeo“ filmida bosh rolni ijro etgan. Byudjeti 13 million dollar boʻlgan 20-qismli drama premyerasi 2016-yil 29-avgustda boʻlib oʻtdi. Film Koreyada yaxshi qabul qilinmadi, lekin Xitoyda shuhrat qozondi. Drama Lee Joon Gining Xitoydagi mashhurligining oshishiga olib keldi. 1-noyabr kuni Lee „Mening sevgim Li Jun Gi“ (내사랑 이준기) nomli bepul muxlislar uchrashuvini o‘tkazdi, uchrashuvda muxlislar u bilan „Moon Lovers“ filmining so‘nggi qismini tomosha qilishlari mumkin boʻlgan.
2020-yilda u „Yovuzlik guli“ („악의 꽃“) triller-melodramasida rol ijro etgan.
Diskografiyasi
Yakkaxon Video kliplarda
Mukofotlar va nominatsiyalari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org