Lee Hyun-woo
Lee Hyun-woo (1993- yil 23-martda tugʻilgan) — janubiy koreyalik aktyor va qoʻshiqchi. U toʻqqiz yoshida aktyorlik faoliyatini boshlagan, keyinchalik The Return of Iljimae⠀ (2009) va „Queen Seondeok“ (2009) teleseriallarida suratga tushgan. U, shuningdek, „Magistr of Study“ (2010) va „To the Beautiful You“ (2012) filmlarida ham rol ijro etgan. Lee 2013-yilning „Secrely, Greatly“ filmidagi shimoliy koreyalik josus roli, shuningdek, 2014-yilning „The Con Artists“ filmidagi daho xaker obrazlari uchun tan olingan. Keyin u „Moorim School“ (2016) va „The Liar and His Lover“ (2017) filmlarida bosh rollarni ijro etgan.
Faoliyati
Lee oʻz faoliyatini bolakay aktyor sifatida boshlagan va „The Legend“, „King Sejong the Great“, „The Return of Iljimae“ „Queen Seondeok“ kabi bir qator yirik spektakllarda rol ijro etgan.
U „Dragon Zakura“ Yaponiya mangasining Koreya zangori ekraniga moslashtirilgan „Master of Study“ filmidagi roli tufayli shuhrat qozongan. Xuddi shu yili Lee 2010-yilgi „Footloose“ musiqiy spektakli uchun sahnaga chiqqan va sahnada Ren obrazining bosh rolini oʻynagan.
Lee 2015-yilgi Yeonpyeongning ikkinchi jangi haqida „Northern Limit Line“ dengiz trillerida rol ijro etgan. Film 6 024 894 ta chipta sotgan (AQSh$38,945,231), bu 2015-yilda eng koʻp tomosha qilingan koreys filmiga ayl
2016-yilda u „Moorim School“ fantastik yoshlar dramasida rol ijeo etgan. Dastlab 20 qismga moʻljallangan drama past reytinglar tufayli 16 qismgacha suratga olingan.
2017-yilda Lee „Red Velvet“ aʼzosi Joy bilan bir qatorda yapon mangasi „Kanojo wa Uso o Aishisugiteru“ning koreyscha talqini „The Liar and His Love“ dramasida rol ijro etgan.
Lee armiyaga qoʻshilishdan oldin 2018-yilda „Twenty-Six“ nomli raqamli singlni chiqardi.
Besh yildan soʻng 2022-yilda Lee „Money Heist: Korea — Joint Economic Area“ Netflix dramasida suratga tushish orqali kichik ekranga qaytadi.
Filmografiyasi
Film
Kliplarda chiqishlari
Manbalar
uz.wikipedia.org