Lee Hi
Lee Ha-yi (1996-yil 23-sentyabrda tugʻilgan),
Li Hi nomi bilan taniqli janubiy koreyalik qoʻshiqchi va qoʻshiq yozuvchi. U birinchi boʻlib „K-pop Star1“ koʻrsatuvining ikkinchi oʻrin sohibasi sifatida eʼtiborni tortgan. U 2012-yil 28-oktyabrda „1, 2, 3, 4“ singli bilan debyut qilgan va birinchi haftada 667 549 marta yuklab olingan sotuvlar bilan chartlarda birinchi oʻrinni egallagan. Uning birinchi toʻliq „First Love“ albomi ikki qismdan iborat boʻlib, 2013-yil 7-martda 1-qism va 2-qism 2013-yil 28-martda chiqqan.
Faoliyati
2012-yil 24-oktyabrda Lee yakkaxon ijrochi sifatida 28-oktyabrda „1, 2, 3, 4“ raqamli singli bilan „Lee Hi“ sahna nomi ostida debyut qilishi eʼlon qilingan. Lining birinchi musiqiy shousi 4-noyabr kuni "SBS" telekanalining „Inkigayo“ koʻrsatuvida boʻlib oʻtgan, koʻp oʻtmay "Mnet"ning „M Countdown“ tanlovi orqali 8-noyabrda oʻzining birinchi musiqiy shousida gʻalaba qozongan. Qoʻshiq noyabr oyi uchun har oylik Gaon Digital Chart roʻyhatida birinchi oʻrinni egallagan va shu tariqa unga Gaon Chart K-Pop mukofotlari tomonidan "Yil qoʻshigʻi — noyabr " mukofoti berilgan. „1,2,3,4“ debyut singlining muvaffaqiyatidan soʻng, Lee 22-noyabrda Park Jin-yong tomonidan yozilgan „Scarecroe“ nomli ikkinchi raqamli singlni chiqargan.
2021-yil 9-sentyabrda Lee oʻzining uchinchi studiyaviy albomi „4 Only“ ni chiqargan. 2022-yil mart oyida u Koreya hip-hop mukofotlarida „Only“ qoʻshigʻi uchun „Yilning eng yaxshi treki“ mukofotini qoʻlga kiritgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org