Lee Byung-hun
Lee Byung-hun (talaffuzi: Li Byon Xon; koreyscha: 이병헌 ; 1970-yil 12-iyul, Seul, Janubiy Koreya) — janubiy koreyalik aktyor.
Hayoti
Lee Byung-hunning otasi biznesmen, singlisi Lee Eun-hee esa 1997-yilgi Koreya goʻzali (Miss Koreya) unvoni sohibasi. Hanyang universitetining fransuz adabiyoti fakultetini va Chung-Ang universitetining teatr va kino fakultetini tamomlagan. Lee Byung-hun ingliz, koreys, fransuz va xitoy tillarini biladi.
Faoliyati 1991-yilda boshlangan. KBS telekanali tomonidan tashkil etilgan isteʼdodlar koʻrigidagi ishtirokidan soʻng, u Asphalt My Hometown[en] teleserialida debyut qildi, 1995 -yilda esa Asphalt Man[en] va The Harmonium in My Memory[en] filmlarida ilk bor qatnashdi. Uning katta kinodagi muvaffaqiyati Joint Security Area filmi chiqqandan keyin sodir boʻldi. Film tijoriy muvaffaqiyatga erishdi va 2000-yilda mamlakatdagi eng yuqori daromad keltirgan filmga aylandi. Lee Byung-hun Busan Film Critics Awards marosimida eng yaxshi erkak aktyor nominatsiyasida gʻolib chiqdi.
Aktyor „Taqdir oʻyini“ (2003) va „Iris“ (2009) teleseriallarida bosh rollarni oʻynaganidan keyin keng shuhrat qozondi. Shuningdek, u „Everybody Has Secrets“ (2004), „A Bittersweet Life“ (2005), „The Good, the Bad, the Weird“ (2008), „G. I. Joe: The Rise of Cobra“ (2009) „I Saw the Devil“ (2010), „Joint Security Area“ (2000), „G. I. Joe: Retaliation“ (2013), "RED 2" (2013), „Terminator Genisys“ (2015), „Kalmar oʻyini“ (2021) filmlarida rol oʻynagan.
Shaxsiy hayot
2013-yil 10-avgustda aktrisa Lee Min-jung bilan turmush qurgan.
Ularning Lee Joon-hoo ismli oʻgʻli bor (2015-yil 31-martda tugʻilgan).
Filmografiya
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org