Lee Buchanan




Lee David Buchanan (talaffuzi: Li Bukanan; 2001-yil 7-martda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Bundesliganing Werder Bremenklubida himoyachi sifatida oʻynaydi. Angliya terma jamoasini 19, U20 va U21 darajasida himoya qilgan

Klublardagi faoliyati



2019-yilning 12-avgustida Li Buchanan Derby County bilan EFL kubogida Scunthorpe Unitedga qarshi o‘yinda debyut qildi. U o‘yindagi yagona golni 78-daqiqada kiritdi. Buchanan 2019-yilning 24-avgustida „West Bromwich“ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, ligadagi debyutini o‘tkazdi(1:1).

2022-yil iyul oyida Buchanan Derby Countydan tekinga Bundesligaga ligasiga shu yili koʻtarilgan Werder safiga qoʻshildi. Keyin esa Derby County klubi sotildi. Shartnoma boʻyicha Buchananni shartnomasini bekor qilishga ruxsat bor edi. 2022-yilning 29-iyulida Derby „to‘liq mashg‘ulot tovonini“ olishi tasdiqlandi.

Buchanan Bremen safidagi ilk golini 2022-yil 20-avgustda urdi va bu gol Dortmundning Borussiyasiga 3 – 2 hisobida g‘alaba qozonishiga hissa qoʻshdi.

Terma jamoadagi faoliyati



2019-yilning 30-avgustida Buchanan Angliya U19 terma jamoasi aʼzosi sifatida ilk xalqaro chaqiruvini oldi va 2019-yil 9-oktyabrda Marbelada Fransiyaga qarshi oʻyinda (3:1) debyut qildi.

2020-yil 13-oktyabrda Buchanan Angliya U20 terma jamoasi safida jamoasi bilan St.Georgeʼs Parkda Wales ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

2020-yil 6-noyabrda Buchanan Angliya U21 terma jamoasiga birinchi chaqiruvini oldi. 2020-yil 13-noyabr kunida Molineux stadionida Andorra U21 jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabali o‘yinda U21 tarkibida debyut qildi.

Faoliyat statistikasi



Klublarda



24-avgust, 2022-yil

Terma jamoada




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz