Lee Bomyon
Li Bomyon (1989-yil 2-aprelda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi, hozirda K-liga 1- ning Suwon FC klubida darvozabon sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Li 2008-yilda Pusan IPark bilan professional shartnoma imzolagan va oʻzining dastlabki faoliyati davomida Pusan uchun ikkinchi darvozabon sifatida oʻynagan. U 2013-yilda Pusanning asosiy darvozaboniga aylangan, biroq 2015-yilda Pusan K-liga 2 -ga tushib ketganidan so‘ng, J1-liga klubi Avispa Fukuoka bilan shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati
Li Janubiy Koreyaning 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga zaxira darvozaboni sifatida tanlangan va asosiy darvozabon Jung Sung-ryong Buyuk Britaniyaga qarshi chorak final oʻyinida jarohat olganidan keyin maydonga tushgan. U chorak final o‘yinida Daniel Starrijning penaltilar seriyasida tepgan zarbasini qaytargan va Janubiy Koreyaning yarim finalga chiqishiga yordam bergan. U penaltilar seriyasida oʻzini koʻrsatganidan soʻng Braziliyaga qarshi navbatdagi oʻyinda birinchi marta asosiy tarkibda maydonga tushgan. Biroq u Braziliya terma jamoasiga qarshi oʻyida 3 ta gol o‘tkazib yuborgan. Koreyaliklar yarim final bahsida mag‘lub bo‘lishgan. U Braziliyaga qarshi o‘yinda yomon o‘yin ko‘rsatgani uchun bronza medali uchun bahsda maydonga tushirilmagan.
Li Janubiy Koreya terma jamoasining 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun terma jamoasiga kiritilgan, biroq maydonga tushmagan. U 2014-yil 8-sentyabrda Urugvay terma jamoasiga qarshi oʻyinda Janubiy Koreya terma jamoasidagi debyutini o‘tkazgan.
Shaxsiy hayoti
Lining ukasi Li Bum Su ham futbolchi boʻlib, akasi singari darvozabon ampulasida oʻynaydi.
Faoliyat statistikasi
Klub
Yutuqlar
Busan IPark Janubiy Koreya U23 Janubiy Koreya Manbalar
uz.wikipedia.org