Lecy Goranson




Alicia Linda „Lecy“ Goranson (1974-yil 22-iyunda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U 1988-yilda Roseanne (debyut) va The Conners televizion sitkomida Becky Conner rolini oʻynagan. Alicia Goranson, shuningdek, How to Make an American Quilt (1996), Boys Don't Cry (1999) hamda The Extra Man (2010) filmlarida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan.

Faoliyati



Goranson Chicagoda aktrisalik boʻyicha tahsil olgan va, keyinchalik Becky Conner roli orqali mashhurlikka erishgan. U besh mavsum davomida ushbu personajni gavdalantirgan. Beshinchi mavsumda bir nechta epizodlarni ijro etgandan keyin, 1992-yilda serialni tark etgandan soʻng, Vassar kollejiga oʻqishga kirgan. Aktrisaning akademik jadvali unga Becky sifatida yana qayta paydo boʻlish va obrazni tasvirlashni davom ettirish uchun imkon beradi. Yangi ssenariyga koʻra, shou produserlari va yozuvchilari Becky uchun juda kam sahnalar yozishadi. Goransonning chiqishi Beckyning sevgilisi Mark bilan qochib ketish voqeasi bilan oʻz nihoyasiga yetadi.

2017-yilning 28-aprel sanasida Roseanne teleserialining 10-mavsumi uchun doimiy aktyorlarning koʻpchiligi va baʼzi produserlarning serialga qaytishi rejalashtirilganligi eʼlon qilindi. Huddi shu yilning may oyida Goransonning Becky roliga qaytishi tasdiqlandi. Chalke ham paydo boʻlib, boshqa rol oʻynaydi. Roseannening ushbu mavsumi 2018-yil 27-martda ABC telekanalida namoyish etildi. 2018-yilning 29-may sanasida, Roseanne Barrning Twitter sahifasida Valerie Jarret (sobiq prezident Barack Obamaning maslahatchisi) bilan bogʻliq munozarali soʻzlari ortidan, ABC bir mavsumdan soʻng serialni efirga uzatilishi bekor qilinadi.

Shaxsiy hayoti



Goranson Illinois shtatining Evanston shahrida atrof- muhitni muhofaza qilish agentligida ishlagan Stephen Goranson va Evanston Township oʻrta maktabida ingliz tilidan dars bergan oʻqituvchi Linda Goranson oilasida tugʻilgan. Uning Adam ismli akasi bor. Aktrisaing onasi 2020-yil yanvar oyida vafot etgan. Goranson ilgari turmushga chiqqan, lekin haligacha farzand koʻrmagan.

Filmografiyasi



Filmlarda




Televizion rollari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz