Learjet 35




Learjet 35 (LJ35)  — bu Learjet biznes-klassidagi reaktiv maʼmuriy samolyot boʻlib (Learjet 35 va Learjet 36 versiyalari), AQSh Harbiy- havo kuchlarining C-21A harbiy transport samolyoti hisoblanadi.

Rivojlanish hamda samolyot dizayni



Samolyot ikkita Garrett TFE731 turbofan dvigateli bilan taʼminlangan. Samolyot saloni 6-8 yoʻlovchini oʻz bagʻriga qabul qilish imkoniga ega. Learjet 36 versiyasida samolyot orqa fyuzelyajda qoʻshimcha yonilgʻi baklarini joylashtirish uchun kichraytirilgan yoʻlovchi kabinasi ham mavjud.

Dvigatellar orqa fyuzelyajning yon tomonlaridagi nasellarga oʻrnatilgan. Hamda qanotlar bitta tirqishli qanotlar bilan jihozlangan. Shu bilan bir qatorda, qanot yonilgʻi baklari qanot uchlarida joylashganligi ushbu samolyot dizaynini boshqa samolyotlardan ajratib turishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Samolyot Learjet 25 BGFga(bu erda „GF“ Garrett Fanni anglatadi) yangi Garrett TFE731 dvigatellarini oʻrnatilishi orqali samolyotning dvigatel quvvati oshirilgan hamda shovqin kamayishiga erishilgan. Yangi model Learjet 35 deb atalgan. Samolyot 1971-yilning may oyida ilk parvozini amalga oshirgan.

Ekspluatatsiya tarixi



1976-yilda amerikalik professional golfchi Arnold Palmer Learjet 36 samolyotida dunyo boʻylab 36990 km (22894 milya) masofani 57 soat 25 daqiqa 42 soniyada uchib oʻtgan.

Modifikatsiyalari



Learjet 35



Ikkita TFE731-2-2A dvigateli bilan jihozlangan Learjet 35 modeli Model 25 dan 13 santimetr uzunroq boʻlgan. Prototip birinchi marta 1973-yil 22-avgustda parvozini amalga oshirgan. 1974-yil iyul oyida AQSh Federal Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan sertifikatlangan. U sakkiztagacha yoʻlovchini olib yurishi mumkin. 35s belgisi ostida 64 nusxa ishlab chiqarilgan.

Learjet 35A
Model 35A TFE731-2-2B dvigatellari bilan takomillashtirilgan Learjet 35 boʻlib, masofani 4488 km (2789 milya) ga oshiradi. 1976-yilda Learjet 35 oʻrniga xizmatga kirgan hamda 1993-yilga kelib 600 dan ortiq Learjet 35 ishlab chiqarilgan.

Learjet 36



Model 36 Learjet 35 bilan oʻxshash. Xususan, fyuzelyajning kattaroq yonilgʻi baki mavjud boʻlib, masofani 800 km (500 milya) ga oshirgan va yoʻlovchi salonining uzunligini 46 sm (18 dyuym) ga qisqargan. Ushbu modifikatsiya 1974-yil iyul oyida sertifikatlangan.
Learjet 36A
35A singari, u takomillashtirilgan dvigatellar va yuqori maksimal uchish ogʻirligi bilan ajralib turgan. 1976-yilda 36-versiya oʻrniga sertifikatlangan.

Harbiy versiyalar



C-21A
C-21A — sakkiz yoʻlovchi sigʻimiga ega, 1,26 m³ yuk uchun kabinali learjet 35A ning harbiy versiyasi. Sanitariya maqsadlarida, yaradorlar va oʻliklarni tashish uchun ishlatilishi mumkin. S-21A ni harbiylarga yetkazib berish 1984-yil aprel oyida boshlangan va 1985-yil oktabr oyida yakuniga yetgan.
EC-21A
Learjet 35A asosidagi radioelektron urush oʻquv versiyasi.
PC-21A
Learjet 35A asosidagi dengiz patruli va suv osti kemalariga qarshi harbiy hujumkor versiya hisoblanadi. U qidiruv radar, teplovizor, infraqizil skaner, yuqori aniqlikdagi televizor, ogʻirligi 454 kg gacha boʻlgan idishlarni osish uchun qanot osti ilgichlar bilan jihozlangan.

RC-21A
Learjet 35A ning razvedka versiyasi. U uzoq koʻrish diapazoni boʻlgan har tomonlama kameralar, sintetik diafragma bilan yonma-yon koʻrish kameralari va videokuzatuv tizimi bilan taʼminlangan.
U-36
Learjet 35A Yaponiya dengiz mudofaa kuchlari uchun yaratilgan varianti. Akrobatika jamoasi bu samolyotlarda parvozlarini amalga oshirgan.
R-21A
Learjet 35A ning razvedka versiyasi hisoblanadi. Uzoq koʻrish masofasiga ega har tomonlama kameralar, videokuzatuv tizimi bilan taʼminlangan.
U-21A
Dastlab U-36A1 nomi bilan tanilgan Learjet 36a ning yuk-yoʻlovchilar uchun trenajyor versiyasi deb qaralgan. U radar, avionika, oʻq otishni baholash moslamalari, ejektor ustunlari, maxsus aloqa tizimlari va tiqilib qolish tizimidan tashqari raketa qidiruvi simulyatori bilan jihozlangan. Yaponiya dengiz mudofaa kuchlari uchun toʻrtta samolyot ishlab chiqarilgan. Uning 36A1 va U-36 modifikatsiyalari Shin Meiwa Industry co., Ltd (SMIC) kompaniyasi oʻzining Tokusima zavodida ishlab chiqargan.

Operatorlar



Fuqaro aviatsiyasi maqsadida



Dunyoning 35 dan ortiq mamlakatlarida qoʻllaniladi.

Harbiy maqsadlar uchun



Argentina

Boliviya

Braziliya

Chili

Finlandiya

Yaponiya

 
Meksika

Namibiya

Peru

Saudiya Arabistoni

Birlashgan Arab Amirliklari

AQSh

Tailand

Baxtsiz hodisalar



Aviatsiya xavfsizligi tarmogʻi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil 23-aprel holatiga koʻra, 90 ta Learjet 35/35A va Learjet 36/36A samolyotlari avariyalar va ofatlarda halok boʻlgan. Bu ofatlar natijaida, 186 kishi halok boʻlgan.

Parvoz xususiyatlari (Learjet 36A)




Uchish xususiyatlari

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz