Leao Butron




Leao Butron Gotusso (ispancha: Leao Butrón Gotuzzo; 1977-yil 6-martda Peruning Lima shahrida tugʻilgan) - darvozabon pozitsiyasida toʻp surgan perulik futbolchi. Leao Butron Peru terma jamoasi safida ham darvozabon sifatida jamoa shanini himoya qilgan.

Klubdagi karyerasi



Leao faoliyatini "Sporting Kristal" jamoasida boshlagan. 1996-yilda u Peru chempionatida debyut qiladi va oʻsha mavsumda mamlakat chempioniga aylanadi. Leao jamoada besh mavsum oʻynagach, barqaror oʻyin tajribasiga ega boʻlish uchun Alyans Atletikoga oʻtadi. Ikki yil davomida u jamoaning doimiy darvozaboni boʻldi. 2003-yilda Leao Aliyanza Limaga koʻchib oʻtdi. Butron yangi jamoasiga ketma-ket ikki marotaba chempion boʻlishiga oʻz hissasini qoʻshgan va mavsumning eng yaxshi darvozabonlaridan biriga aylangan.

2006-yilda Leao Universidad San Martin klubiga qoʻshildi. U klubda olti mavsumni deyarli asosiy tarkibda oʻtkazadi. Shundan soʻng Butron yana uch marta chempion boʻldi va Universidad uchun barcha turnirlarda 200 dan ortiq oʻyin oʻtkazadi.

2013-yil boshida u Melgar klubiga qoʻshiladi. 17-fevral kuni Xuan Aurich klubiga qarshi oʻyinda Leao yangi klubi safida debyut qildi. 2015-yilda Butron Alianza Limaga qaytib, Jorj Forsitning yordamchisiga aylanadi.

Xalqaro karyerasi



1997 va 1999-yillarda Butron uchinchi darvozabon sifatida Amerika kubogi uchun jamoa tarkibida boʻlgan. 2001-yil 7-martda Leao Peru terma jamoasida Gonduras terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qiladi. 2004-yilda u uchinchi marta oʻz uyida boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etadi, lekin avvalgi oʻyinlardagi kabi maydonga tushmaydi.

2007-yilda Butron Venesuelada boʻlib oʻtgan Amerika kubogida asosiy darvozabon sifatida ishtirok etadi. Turnirda u Urugvay, Venesuela, Boliviya va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2011-yilda Leao Argentinada boʻlib oʻtgan Amerika Kubogida bronza medalni qoʻlga kiritgan. Ammo turnirda ishtirok etish jarayonida zaxirada oʻtiradi va bir daqiqa ham maydonga tushmaydi.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz