Leandro Trossard




Leandro Trossard ((talaffuzi: Liyondro Trossart) 1994-yil 4-dekabrida Belgiyaning Waterschei shahrida tugʻilgan) — Belgiyalik professional futbolchi, Premer liga vakili „Brighton & Hove Albion“ klubi va Belgiya terma jamoasi aʼzosi. Trossard „Genk“ yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi ham hisoblanadi.

Klubdagi faoliyati



Genk



Trossard 2010-yilda „Bocholt“ akademiyasidan KRC Genk yoshlar akademiyasi tarkibiga qoʻshilgan. 2012-yilda kattalar jamoasi tarkibiga oʻtib,13-may kuni „KAA Gent“ ga 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinning 87-daqiqasida Steve Prters oʻrniga maydonga tushiriladi. Bu daqiqalar Trossard uchun oʻsha mavsumda ligada oʻynagan yagona daqiqlari boʻlib qoladi. Bir necha mavsum davomida u doimiy ravishda ijara asosida boshqa jamoalarda yuradi.

2013-yilning yanvarida Trossard „Lommel United“ ga ijaraga berib yuboriladi. „Lommel“ jamoasi tarkibida 12 oʻyinida 7 ta gol kiritishga erishadi. Uning „Lommel“dagi debyut oʻyini 2013-yilning 3-fevralida „Sint-Truiden“ga qarshi safardagi oʻyinida boʻladi. Oʻsha oʻyinning 63-daqiqasida Tomas Jutten oʻrniga maydonga tushgan. Oʻyinda „Lommel United“ jamoasi 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchraydi. Aytish mumkinki, uning ijara davridagi eng ajoyib oʻyinlaridan birini „KFC Dessel Sport“ga qarshi (3:2) bahsda „Soeverein“ Stadionida 2000 muxlis qarshisida namoyish etadi. Trossard oʻsha oʻyinning 11, 60 (penaltidan) va 74-daqiqalarida gol urib xet-trikni amalga oshiradi va 88-daqiqada zaxiraga olinadi.

2013-yil iyul oyida Trossard KVC Westerloga ijaraga beriladi va 17 ta oʻyinda u 3 ta gol kiritishga erishadi. Debyut oʻyinini 2013-yilning 3-avgustida AFC Tubize bilan oʻyinda oʻtkazadi. Jamoa tarkibidagi dastlabki golini esa 2013-yilning 9-avgustida sobiq jamoasi Lommel United ustidan mehmonda 0:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinining 74-daqiqasida kiritadi.

2014-yilning iyulida Trossard yana Lommel Unitedga ijara asosida qaytib keladi. U liganing 33 oʻyinida 16 marta raqib darvozasini ishgʻol qilib, gol urishni davom ettiradi. 2015-yilning 22-martida Racing Mechelenni 6:0 hisobida magʻlub etgan oʻyinda „Lommel“ uchun oʻzining ikkinchi xet-trikiga erishadi. Uning gollari 33, 61 va 69-daqiqalarda kiritiladi. Oʻsha mavsumda „Lommel“ning yuqori ligaga koʻtarilishiga atiga toʻqqiz ochko kamlik qiladi.

2015-yil iyul oyida Trossard bu safar „Leuven“ga ijaraga beriladi. „Luven“ tarkibida 30 ta oʻyinda u 8 ta gol kiritishga muvofiq boʻladi. Eng qizigʻi aynan Genk bilan 2015-yilning 25-iyulida safardagi oʻyinda „Luven“ tarkibida 61-daqiqada Johan Cruizet oʻrniga zaxiradan maydonga tushirilib dubyet oʻyinini oʻtkazadi va 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchraydi. Uning „Leuven“ tarkibidagi birinchi goli 2015-yilning 16-avgustida Charleroi SC jamoasi ustidan 2:0 hisobidagi gʻalaba qozonilgan oʻyinning 85-daqiqasida amalga oshiriladi. U yana zaxiradan 82-daqiqada Johan Cruizet oʻrniga maydonga tushiriladi va 85-daqiqada gol uradi.

Brighton & Hove Albion



2019-yil 26-iyun kuni Brighton & Hove Albion Mett Klark Portsmouth FC dan kelganidan soʻng, Trossard bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qiladi. Bu klubning 2019-yil yozidagi ikkinchi muhim xaridi boʻladi Trossard 17-avgust kuni Chagʻalaylar (Brighton & Hove Albionni muhlislar „The Seagulls“ yani „Chagʻalaylar“ deb atashadi) safida debyut qiladi va West Ham Unitedga qarshi oʻyinda hisobni tenglashtiradi. Trossard 2019—2020-yilgi mavsumda Norwich Cityga qarshi oʻyinlarda ikkita gol uradi, birinchisi 2019-yil 2-noyabrda uydagi 2:0 hisobidagi gʻalabada va yana 2020-yilning 4-iyulida mehmonda 0:1 hisobidagi muhim gʻalabada Brighton & Hove Albionga quyi uchlikdan uzoqlashishga yordam beradi.

2021-yil 31-yanvar kuni Trossard Tottenham Hotspur ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda yagona golni uradi va Chagʻalaylarning APL 2020—2021-yilgi mavsumda mezbondagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritishga katta hissa qoʻshadi. Trossard Brighton & Hove Albion tarkibida 3-fevral kuni Brighton & Hove Albionning amaldagi chempion Liverpool ustidan 0:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida 1982-yildan beri APL doirasida ilk bor Enfilddagi gʻalabasini qoʻlga kiritishda katta hissa qoʻshadi. Oʻsha oʻyinda Stiven Alzatning yagona goliga assistentlik qiladi. 2021-yil 14-mart kuni Trossard chagʻalaylar bilan birga Sautgempton ustidan mehmonda 2:1 hisobida gʻalabaga erishadi va bu Brighton & Hove Albionning Premer-liga tarixidagi Sautgemton ustidan qozonilgan dastlabki gʻalabasini taʼminlaydi. Brighton & Hove Albion 2021-yilning 18-may kuni APL doirasidagi Manchester Cityga qarshi baxsda 0:2 hisobida magʻlubiyatga uchrayotgan oʻyinida Trossardning 50-daqiqadagi golidan kiyin oʻziga xos qaytish (Come back)ni amalga oshiradi va yakunda Brighton & Hove Albion 3:2 hisobida gʻalaba qozonadi.

2021—2022-yilgi mavsumdagi ilk golini 11-sentabrda Premer-liganing yangi aʼzosi Brentfordga qarshi safar oʻyinning 90-daqiqasida kiritadi va bu oʻyin taqdirini hal qilgan golga aylanadi. 2021-yil 27-sentabr kuni mavsumning birinchi janubiy london derbisi boʻlib oʻtadi. Unda Brighton & Hove Albion Kristal Pelasga qarshi maydonga tushadi. Oʻyinning 45+2-daqiqasida Trossardning Conor Gallagherga qarshi ishlatgan qoʻpolligidan keyin belgilangan penaltini Wilfried Zaha golga aylantirib birinchi boʻlimni 0-1 hisobida yakunlanishini taʼminlaydi. Biroq 90+5-daqiqada Neal Maupay hisobni tenglashtiruvchi golni urib, janubiy qirgʻoqqlik Chagʻalaylarga yana ochko olib keladi. Trossard 30-oktabr kuni safarda Liverpool darvozasini ishgʻol qiladi. Oʻsha oʻyinda Brighton & Hove Albion 2:0 hisobida gʻalaba qozona turib, 2:2 hisobidagi durrangni qayt etadi. 2022-yil aprel oyida Shimoliy Londoning Arsenali va Tottenhamiga qarshi oʻyinlarda ikkita gol uradi. 9-aprelda Arsenal 2:1 hisobida magʻlub etilgan bahsda hisobni ochuvchi golni oʻradi. Bir haftadan soʻng Tottenxem Hotspur stadionida 90-daqiqada gol kiritib „Tumanli Albion“ dagi 100-uchrashuvida gʻalaba qozonadi. Bu uning mavsumdagi oltinchi goli boʻldi va Chagʻalaylar safiga qoʻshilganidan keyin eng koʻp gol urgan mavsumiga aylandi. 7-may kuni Manchester Unitedga qarshi oʻyinda (4:0) Trossard ikkita golga assistentlik qiladi va koʻkragi bilan gol uradi, bu gol VAR tomonidan potentsial qoʻl bilan oʻyin deb topiladi.

2022—2023-yilgi mavsumdagi birinchi golini esa 4-sentyabrda Leicester City ustidan 5:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinida uradi. 21-avgust kuni West Hamga qarshi oʻyinning 66-daqiqasida hisobni 2:0 koʻrinishiga keltiruvchi golni uradi. Oʻyin Brighton & Hove Albionning gʻalabasi bilan yakunlandi va bu West Ham ustidan qozonilgan gʻalabalarning ketma-ket 11-siga aylanadi. 1-oktabr kuni esa navbatdagi oʻyinda Trossard Liverpoolga qarshi safarda (3:3) Premer-ligada xet-trik qayd etgan birinchi Brighton & Hove Albion futbolchisiga aylanadi. Uning birinchi boʻlimdagi dubli 2008-yil oktyabr oyida Wigan futbolchisi Amr Zakidan keyin Enfildda Liverpool darvozasiga birinchi boʻlimda ikkita gol urgan birinchi futbolchiga aylantiradi. Trossardning xet-triki, uning Enfilddagi ikkita oʻyinida toʻrtta gol urganini ham anglatardi. Trossard 22-oktabr kuni ikki karra amaldagi chempion Manchester Cityga safar oʻyinida klubdagi faoliyatida 100-golini urdi.

Milliy terma jamoa



Trossard bir necha bor Belgiya terma jamoasiga chaqirilgan. Roberto Martinez uni birinchi marta 2018-yil sentyabrida Belgiya terma jamoasiga chaqiradi, bir oydan kiyin esa, Trossard jarohati tufayli safdan chiqadi, Trossard 2019-yil mart oyida yana zaxira oʻrindigʻida qoladi. 2020-yil 5-sentyabrda Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi safardagi oʻyinning 80-daqiqasida Dris Mertensni oʻrniga maydonga tushib terma jamoadagi debyutini amalga oshiradi debyut qilgan. Trossard oʻzining xalqaro maydondagi ilk golini 2021-yilning 30-martida boʻlib oʻtgan JCh-2022 saralashida Belarussiya termajamoasi 8:0 hisobida magʻlub etilgan oʻyinda oʻz mamlakati uchun birinchi golini kiritadi.

Trossard Belgiyaning Evro-2020 uchun 26 kishilik tarkibiga 2021-yil 17-may kuni kiritiladi. Turnir Koronavirus tufayli keyingi yilga qoldirilgani sababli 2021-yil yozida boʻlib oʻtadi. 21-iyun kuni Finlandiyaga qarshi Belgiya terma jamoasi bilan guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinida ilk bor maydonga tushadi. Sankt-Peterburgdagi Krestovskiy stadionida kechgan uchrashuvning 75-daqiqasida Trossard oʻrniga Tomas Meunier maydonga tushadi va B guruhida Belgiya terma jamoasi eng yuqori pogʻonadan joy oladi. Bu uning yagona oʻyini boʻlib qoldi, chunki Belgiya 2-iyul kuni Myunxendagi Allianz Arenada chorak finalda Italiyadan 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchradi.

2021-yil oktabr oyida Trossard Belgiya terma jamoasining Italiyada boʻlib oʻtadigan UEFA Millatlar Ligasi final bosqichida ishtirok etgandi. U ikkita oʻyinida maydonga zaxiradan tushadi. Belgiya yarim finalda Fransiyaga magʻlub boʻladi va uchinchi oʻrin uchun oʻyinda yana Italiyaga yutqazib, toʻrtinchi oʻrinni egallaydi.

2022-yil 29-mart kuni Burkina-Fasoga qarshi oʻz uyida oʻtkazilgan xalqaro oʻrtoqlik oʻyinida Trossard mamlakat milliy terma jamoasi libosidagi uchinchi golini uradi va Hans Vanaken va Kristian Bentekening gollariga assistentlik qiladi. 8-iyun kuni u UEFA Millatlar Ligasi doirasida Polshani 6:1 hisobida magʻlub etgan oʻyinda ikkinchi dublini qayt etadi.

Faoliyat statistikasi



Klub



2022-yil 5-noyabirgacha bo'lgan o'yinlar[43]

Xalqaro maydonda



2022-yil 25-sentyabrgacha bo'lgan o'yinlar

2022-yil 25-sentabrda boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra. Belgiya hisobi birinchi boʻlib koʻrsatilgan, hisoblar ustuni Trossardning har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi.

Yutuqlar



Genk

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz