Leah Bracknell




Alison Rosalind Bracknell (12-iyul, 1964-yil, Londonda tugʻilgan - 15-sentabr, 2019-yil, West Sussex, Angliyada vafot etgan) — professional sifatida Leah Bracknell nomi bilan tanilgan, ITVda efirga uzatilgan Emmerdale (1989—2005) teleserialida Zoe Tate rolini oʻynagan britaniyalik sobiq aktrisa.

Alison 2002-yilda "Eng mashhur aktrisa" nominatsiya uchun National Television mukofotiga nomzod boʻlgan va 2006-yilda British Soap mukofotida "Eng yaxshi chiqish" uchun mukofotni qoʻlga kiritgan. U shuningdek, British School of Yogada malakali oʻqituvchi boʻlib ishlagan va, shuningdek, zargarlik buyumlarini ham ishlab chiqargan.

Yoshligi



Bracknell Londonning Westminster shahrida ingliz televideniyesi rejissori David Ian Bracknell (1932—1987) va xitoylik-malayziyalik aktrisa Li-Er Hwanglarning qizi sifatida dunyoga kelgan. Uning ota-onasi 1959-yilda Hong Kongda The World of Suzie Wong filmini suratga olish paytida tanishgan.

David rejissor yordamchisi boʻlgan va Li-Er filmda „Wednesday Lu“ epizodida rol oʻynagan. Qabul qilingan „Leah“ ismi onasining „Li-Er“ ismining inglizcha koʻrinishidir. Bracknell London va Oxfordda oʻsgan hamda hayotining bir yiilni Yangi Zelandiya va Fijida oʻtkazgan.

Faoliyati



Bracknell birinchi marta 1976-yilda otasi David rejissorlik qilgan "The Chiffy Kids" teleserialida paydo boʻlgan. U Webber Duglas Dramatik Sanʼat Akademiyasini tark etganidan soʻng, ikki yil ichida ITV1 seriali Emmerdaleda veterinar va yer mulk egasi Zoe Tate rolini ijro etgan. U 2005-yilda serialni tark etgunga qadar 16 yil davomida (tanaffuslar bilan, shu jumladan ikkita tugʻruq taʼtilida) paydo boʻlgan.

U dastlab toʻqqiz oyga serialni tark etishi kerak edi, lekin qaytib kelmaydi. Ushbu obraz britancha teleserialidagi birinchi lezbian hamda oʻsha paytda televideniyeda eng uzoq vaqt namoyish etilgan gey qahramonlaridan biri boʻlgan. Emmerdale aktyorlar tarkibidan ketganidan soʻng, u teatrga qaytib keladi va Gaslight va Strangers on a Train filmida xonim Manningham rolida paydo boʻladi.

Shaxsiy hayoti



Bracknellning ikki farzandi bor edi va oxirgi yillarini Worthing, Sussexda oʻtkazadi. U Emmerdale serialini tark etganidan soʻng, Bradfordning Baildon shahrida meditatsiya va yogadan dars bergan. 2019-yil avgust oyida Bracknell immunoterapiya klinik sinovida ekanligini aytadi. U 2019-yil 15-sentabrda 55 yoshida vafot etdi, bu voqea 16-oktabrda eʼlon qilingan.

Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz