Lazizbek Mullajonov




Lazizbek Hasanjon o‘g‘li Mullajonov (1999-yil, Fargʻona, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston) — o‘zbekistonlik havaskor-bokschi, og‘ir va superog‘ir vazn toifalarida tashkil etilayotgan janglarda ishtirok etib keladi. Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, harbiy xizmatchilar o‘rtasida oʻtkazilgan jahon chempionati gʻolibi (2021), havaskorlar o‘rtasidagi xalqaro va milliy turnirlarining ko‘p karra chempioni va sovrindori.

Tarjimai hol



Lazizbek Mullajonov 1999-yili Farg‘ona shahrida dunyoga kelgan.

Havaskorlik faoliyati



2021-yil sentyabr oyi oxirlarida Xalqaro harbiy sport kengashi tomonidan tashkil etilgan Moskvadagi (Rossiya) harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi boks bo‘yicha 58-jahon chempionatida finalda tajribali rossiyalik Svyatoslav Teterinni hakamlarning chiqargan qarori bilan mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempioni boʻlgan.

2021-yil oktyabr oyi oxirida va noyabr oyining boshida Belgradda (Serbiya) 92 kg dan yuqori vazn toifasida jahon chempionatida ishtirok etgan. 1/16 finalda tajribali eronlik Puria Amirini, 1/8 finalda angliyalik Delicious Orini ochkolar bo‘yicha mag‘lub etgan bo‘lsa, chorak finalda armanistonlik David Chaloyanga qarshi oʻtkazilgan jangda ochkolar bo‘yicha mag‘lub boʻlgan. Sportchi ushbu jahon chempionatining kumush medali bilan taqdirlangan.

2022-yil fevral oyida u Rossiyaning nufuzli „Stranja“ xalqaro turnirida 92 kg dan yuqori vazn toifasida chempion boʻlgan, Sofiyadagi (Bolgariya) musobaqada chorak finalda rossiyalik bokschi Yaroslav Doronichev ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan gʻolib deb topilgan, so‘ngra yarim final bosqichida qozog‘istonlik Nurlan Saparboyni, finalda esa tajribali germaniyalik bokschi Nelvi Tiafakni ochkolar hisobi bo‘yicha mag‘lub etgan.

Professional faoliyati



2021-yil 29-yanvar kuni Moskvadagi (Rossiya) professional debyut ringga ko‘tarilib, muddatidan avval 2-raundda texnik nokautga uchratgan. Sportchi ushbu jang davomida rossiyalik Aleksandr Stepanov ustidan g‘alaba qozongan edi.

Lazizbek Mullajonov (-92 kg) 2022-yil 10-may kuni Toshkentda tashkil qilingan boks boʻyicha jahon chempionati davomida kubalik besh karra jahon chempioni Julio César La Cruzni magʻlubiyatga uchratgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz