Laziz Qudratov
Laziz Qudratov — 1981-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari, Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori. Toshkent davlat sharqshunoslik universtitetini hamda Hosei universiteti (Yaponiya) da taʼlim olgan.
Faoliyati
U 2003–2010 yillar oraligʻida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vazirligida turli mansablarida ishlagan, 2010–2014-yillarda Respublikaning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi boʻlgan. 2014–2016-yillar oraligʻida „Uzinfoinvest“ agentligining axborot bilan taʼminlash va xorijiy investitsiyalarni qoʻllab quvvatlash bo‘yicha direktori lavozimida ishlagan.
Laziz Qudratov 2017-yil iyunida Investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitasi raisining Birinchi o‘rinbosari etib saylandi. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari sifatidagi faoliyati davomida Qudratov Vashingtonda Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi. 2019-yilning yanvarida qo‘mita Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi sifatida tashkil etilgach, vazir o‘rinbosari lavozimida ishlashni boshladi.
Avvalgi birinchi o‘rinbosar Sunnatulla Bekenov oldinroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbar etib tayinlangandi. Oʻzbekiston Respublikasi prezidentning 2021-yil 19-iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Strategik rivojlanish agentligika 2021-yilning 18-avgust sanasidagi №PQ-5224-sonli Qarori bilan Qudratov zimmasiga Bosh direktori vazifasi yuklatildi. Laziz Qudratov boshchiligidagi delegatsiyasi Londonda boʻlib oʻtgan MINEX Eurasia 2019 forumida ishtirok etishdi va Qudratov konferensiyada nutq soʻzladi.
2022-yilning 2-avgust kunida Qudratov Toshkentda boʻlib oʻtgan „Oʻzbekiston – Ozarbayjon – Turkiya“ uch tomonlama uchrashuvida mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning asosiy istiqbollari haqida soʻzladi. U Prezident huzuridagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashiga kiruvchilar roʻyxatidan joy oldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org