Lazarev dengizi




Lazarev dengizi (ruscha: Море Лазарева, More Lazareva) — Janubiy okeanning chekka dengizi uchun taklif qilingan nom. U 2002-yilgi Xalqaro gidrografiya tashkiloti (IHO) loyihasida berilgan ikkita taklif bilan chegaradosh boʻlgan: gʻarbda qirol Xokon VII dengizi va sharqda Riiser-Larsen dengizi. Ular sharqiy 0 ° va 14 ° bosh meridianlari oʻrtasida joylashgan. Dengiz umumiy 929,000 km (359,000 mi²) maydonni egallaydi.

Tarixi



Lazarev dengizi 1962-yilda Sovet Antarktika ekspeditsiyasi tomonidan kash etilgan boʻlib, 1820-yilda Fabian Gotlib fon Bellingsxauzen bilan Antarktika materikini kashf etgan rus admirali Mixail Lazarev (1788—1851) xotirasiga shunday nomlangan. 2002-yilgi IHO loyihasi hech qachon IHO (yoki boshqa biron bir tashkilot) tomonidan tasdiqlanmagan hamda 1953-yilgi IHO hujjati (bu nomni oʻz ichiga olmaydi) hozirga qadar oʻz kuchida qolgan. Yetakchi geografik idoralar va atlaslar bu nomdan foydalanmaydi, jumladan, National Geographic Jamiyatining 2014-yilgi 10-nashri Jahon Atlasi hamda 2014-yilgi Times Atlas of World jurnalining 12-nashrida dengiz boshqa nom bilan atalgan. Ammo Sovet va Rossiya-davlat xaritalarida shu nom qoʻllanilishi ommalashgan.

Fizik geografiyasi



Lazarev dengizidagi suvning chuqurligi 3,000 m (9,800 ft) teng boʻlib, maksimal chuqurlik 4,500 m (14,800 ft) dan oshadi. U 929,000 km (359,000 mi²) maydonga choʻzilgan.

Lazarev dengizining janubida qirolicha Maud yerining malika Astrid qirgʻogʻi joylashgan.

Lazarev dengizi kontinental qirgʻoq boʻlib, oʻtkinchi vulkanizm bilan birga koʻplab rifting epizodlaridan tarkib topgan. Lazarev dengizi ham choʻkindi jihatidan juda kambagʻal dengiz ekanligi maʼlum boʻlgan.

Manbalar



Koordinatalari: 68°00′S 7°00′E / 68.000°S 7.000°E / -68.000; 7.000 G O

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz