Laylo Galiyeva




Laylo Galiyeva oʻzbek qoʻshiqchisi, musiqachi va qoʻshiqlar muallifi. 1978-yilning 28-iyunida Toshkent shahrida tavallud topgan.

Ijodiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
1996-yilda Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasiga oʻqishga kiradi. Yakkaxon faoliyatini „Leyli“ taxallusi bilan boshlagan. Xonanda bu taxallus bilan nozik did, latofat sohibasi, sharqona malika va turli ijobiy obrazlarni jonlantiradi.

Leyli „Nihol“ mukofoti sovrindori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. Leyli 1998-yil 1-mart kuni Kamilla va Feruza bilan hamkorlikda (qizlar maktabda 1-sinfdan birga oʻqishgan) „Setora“ guruhini tashkil qiladi. Xonanda faoliyat yuritgan „Setora“ triosi qoʻshiqlarini, musiqa shinavandalari xanuzgacha miriqib tinglashadi. Leylining guruh tarkibida ijro etgan „Sen borsan“, „Ohim“, „Ajdodlar ruhi“, „Eshitmaydi“, „Xayr maktabim“, „Oʻzbegim“ va boshqa koʻplab qoʻshiqlari nafaqat Oʻzbekistonda, balki qoʻshni davlarlarda ham xitga aylangan. Guruhning Sevara Nazarxon bilan kuylagan „Dugona“ nomli qoʻshigʻi ham juda mashhur.

Guruh „Ohim“, „Sen borsan“, „Qora“, „Bibixonim“, „Это жизнь“, „Ты далеко“, „Ты потерял“, „Новый год“, „Bu hayot“, „Xayr endi“, „Hayotim“ kabi albomlarni yaratgan. „Setora“ guruhi Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlarida, shuningdek chet el davlatlarida gastrollar uyushtirgan. 2006-yilda „Setora“ ovoz yozish studiyasi bilan shartnomani bekor qiladi va guruhning nomi „Seʼtanho“ga oʻzgaradi. 2009-yilda esa xonanda, Leyli tahallusi bilan alohida faoliyatini boshlaydi.

Afsonaviy Seʼtanho (Setora) guruhi koʻp yillardan beri ijodni toʻxtatgan boʻlsada, ularning muhlislari doim guruh bilan birga. „Setora“ yoki uning aʼzolari Feruza, Laylo, Kamillaning tugʻilgan kunlari muxlislar davrasida nishonlanishi allaqachon anʼanaga aylanib ulgurgan. Odatda „Setora“ guruhi tashkil topgan kunni guruhning fan-klub aʼzolari Leylining art-direktori bilan hamkorlikda tashkillashtiradi.

Leyli ayni paytda ham qizgʻin ijodda. Uning „Голос твоей мечты“, „Sevaman“, „Olissan“, „Yoronam kel“, „Я буду“ va yaqinda yozilgan „Vaznsizlik“, „Не зови душа“ singllari uning isteʼdodli xonanda ekanligini yana bir bor isbotladi. Leyli 2013-yilda Parij shahrida „Sevaman“ qoʻshigʻiga klip suratga oladi. Ushbu qoʻshiq xonandaning muxlislari tomonidan iliq kutib olindi.

Leyli oʻzining faol hayoti va ijodi haqida ijtimoiy tarmoqlarda blog yuritadi.

Filmografiyasi



Filmlar




Diskografiyasi



Kliplari




Setora[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmografiya



Film




Setora



Diskografiyasi



Studiyaviy albomlari



Setora guruhi hozirgi kungacha 8 studiyaviy albom chiqargan:

Kliplari




Sovrinlari




Seʼtanho



Diskografiyasi



Kliplari




Rizvongul Abdurasulova



Rizvongul Abdurasulova oʻzbek qoʻshiqchisi, musiqachi va aktrisa. 1982-yilning 1- oktyabrida Toshkent shahrida tavallud topgan. Yakkaxon faoliyatini „Rizvongul“ taxallusi bilan boshlagan.

Diskografiyasi



Kliplari




Shahzoda Boʻtayeva



Shahzoda Boʻtayeva Baxtiyorovna oʻzbek qoʻshiqchisi, musiqachi va aktrisa. 1984-yilning 28-aprelida Toshkent shahrida tavallud topgan. Yakkaxon faoliyatini „Zamzama“ taxallusi bilan boshlagan.

Diskografiyasi



Kliplari




Nilufar Otabekova



Nilufar Otabekova oʻzbek qoʻshiqchisi, musiqachi va aktrisa. 1983 -yilning 31- iyulida Toshkent shahrida tavallud topgan. Yakkaxon faoliyatini „Nilufar“ taxallusi bilan boshlagan.

Diskografiyasi



Kliplari




Manbalar




Batakror ovoz sohibasi „Setora“ solitsi Leyli — IZMAIZ izmaiz.uz

Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz