Laylitoʻgʻon koʻchasi (Toshkent)
Laylitoʻgʻon koʻchasi — Shayxontohur tumani hududida. Beruniy va Koʻkcha Darvoza koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 1 km atrofida.
Mannon Uygʻur koʻchasi bilan tutashgan. 1990-yilning 2-yarmida tashkil topgan. 2005-yil 28-aprelda Laylitoʻgʻon nomi berilgan. Qadimda shu joydan oʻtadigan Janggoh arigʻiga qurilgan toʻgʻon nomidan olingan.
Yoʻnalishida „Gulobod“ mavzesiga qarashli koʻp qavatli turar joy binolari, „Jar“ sport-sogʻlomlashtirish majmuasi, bekat va tunukasozlar ustaxonalari bor. Jamoat transporti vositalari harakati yoʻlga qoʻyilgan.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org