Laylaktumshuq




Laylaktumshuq , qoramashoq [Erodium cicutarium (L.) LʼHérit.] — yoronguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻt. Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Sibirda dasht, yaylov, togʻ yon bagʻirlarida, ekinlar orasida oʻsadi. Bargi choʻziq, patsimon, guli qizgʻish pushti, 3—6 tadan toʻplangan. Bahordan kech kuzgacha gullaydi. Mevasi laylak tumshugʻiga oʻxshash uzun (nomi shundan olingan). Tarkibida oshlovchi moddalar bor. L.dan tabobatda ichki organlardan qon ketishini toʻxtatishda foydalaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz