Laylah Ali
Laylah Ali (1968-yilda tugʻilgan) zamonaviy tasviriy rassom boʻlib, unda noaniq irq munosabatlari grafik ravshanlik yaʼni aniqlik bilan chizgan va multfilm tasmasi formatida tasvirlangan rasmlari bilan mashhur boʻlgan.
Avvalgi hayoti va taʼlimi
Yoshligida Ali dastlab advokat yoki shifokor boʻlishni niyat qilib kelgan.
Ali bakalavr darajasini ingliz tili va studiya sanʼati yoʻnalishida 1991-yilda Williams kollejida oʻqigan, Williamstown, Magistraturasida taʼlim olgan. U 1992-yilda New-York shahridagi Witni Amerika sanʼati muzeyida Witni mustaqil oʻqish dasturida qatnashgan va 1993-yilda Skowhegan rasm va haykaltaroshlik maktabida rezidenturani tamomlagan. Ali TIVni 1994-yilda Saint-Louisdagi Washington universitetidan olgan. U Massachusets shtatining Williamstown shahrida yashaydi va ishlaydiva hozirda kunda Williams kollejida professor boʻlib faoliyat olib boradi.
Faoliyati
Alining oldingi asarida u zoʻravonlik aks etgan rasm chizilgan edi. U rasmda zoʻravonlikdan koʻra koʻproq harakatga eʼtibor qaratadi. Uning hozirgi ishida harakatga koʻp eʼtibor berilmaydi, u oldin va keyin sodir boʻlayotgan voqealarga koʻproq eʼtibor beradi.
Asarlar kichik oʻlchamdagi gouash rasmlari va qogʻozga chizilgan rasmlar hisoblanadi. U koʻp oylar davomida rasmga tayyorgarlik koʻrishi hammaga maʼlum, har bir tafsilotni rejalashtiradi, shuning uchun xatolarga oʻrin yoʻq. Ali ijodi hayotiy tajribalarga asoslangan. Garchi aytish mumkin boʻlmasada, uning aytishicha, uning barcha ishlari maʼnoga ega va uning xayolidagi narsa qogʻozdagi tasavirga tushadi, qoʻlidan tashqarida aks ettirishga urinadi. Ali oʻz ishining ijro xarakteri haqida shunday deydi: „Rasmlar qoʻpol sahnalar yoki toʻplamlar, figuralar esa spektakl qahramonlari kabi boʻlishi mumkin. Men ularni qahramonlar va figuralar deb hisoblayman“ deya taʼriflab aytgan.
Greenheads seriyasi
Alining eng mashhur guash rasmlari mavzusi — bu Greenheads nomli asaridir, bu asarda jinsi, boʻyi, yoshi va qaysidir maʼnoda irqiy farqlarini minimallashtirish yoki yoʻq qilish uchun yaratilgan qahramonlar aks etgan. Ali 1996-yildan 2005-yilgacha 80 dan ortiq rasm yaratgan. Ali norozilik belgilari yoki quchoqlashayotgan dunyo yetakchilari kabi gazetalardagi tasvirlar va mavzularga tayangan, ammo uzoq va yangi narsalarni yaratish uchun hikoyalarni oʻzgartirgan. Ali personajlar va tasvirlarni oʻziga xos, ammo noaniq qilib yaratgan. Ular Alining oʻzidan maʼnoga ega, ammo tomoshabin tasvirni talqin qilish uchun oʻz havolalarini ham keltiradi. Ali personajlarni insonga oʻxshab, lekin unchalik insoniy boʻlmagan qilgan holatda yaratgan, shunda ular bizning dunyomiz va ijtimoiy kontekstimizdan oʻchiriladi. Ular ijtimoiy-siyosiy maʼnoga ega, ammo ular bizning dunyomizdan tashqarida mavjud xolos, degan edi.
Asefal
2015-yildan beri Ali Acephalous deb ataydigan bir qator rasmlar ustida ishlamoqda, unda u gender ongli, potentsial jinsiy yoki jinsiy aloqada boʻlgan, baʼzilari irqiy xususiyatlarga ega, baʼzilarida esa boshlari yoʻq shaxslar tasvirlangan. „Ular cheksiz, qatʼiyatli sayohatda, koʻp qismli sayohatda“, deya taʼrif beragan. „Unda majburiy migratsiya elementlari mavjud“ deb soʻziga gaplarining davomini qoʻshib qoʻyadi.
Hamkorligi
Layla Ali raqqosa va xoreograf Din Moss bilan 2005-yilda "Field on a Field" va 2014-yilda Jonbraun bilan „The Kitchen“ da hamkorlik qilib kelgan. 2002-yilda New-Yorkdagi Zamonaviy sanʼat muzeyi Aliga soʻzsiz grafik roman yaratishni topshiradi. 2020-yilda pandemiya paytida Ali New-Meksikodagi Tamarind Press bilan loyihani yakunlashi kutilgan edi. COVID-19 ning xavfsizlik choralari matbuot va rassomdan ish munosabatlarini virtual munosabatlarga oʻtkazishni talab qiladi. Shaxsan loyiha oʻrniga ular davom etayotgan ishlarni oldinga va orqaga yuborish uchun pochtadan foydalanishga harakat qilishdi.
Toʻplamlari
Alining asarlari koʻplab davlat muassasalarining doimiy kolleksiyalariga kiritilgan, jumladan, Olbrayt-Noks sanʼat galereyasi, Buffalo, NY; Zamonaviy sanʼat muzeyi, Chikago va Woker sanʼat markazi, Minneapolis, MN va boshqalar kolleksiyalariga kiritilgan.
Adabiyotlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org