Lavrdoshlar




Lavrdoshlar (Lauraceae) — ikki urutallali oʻsimliklar oilasi. Daraxt va butalar, baʼzan yarim buta va oʻtlar. Ayrim turlari parazit. Bargi oddiy, etli, doim yashil, poyada ketma-ket joylashgan. Guli ikki (baʼzan bir) jinsli, toʻgʻri, mayda toʻpgul. Mevasi bir urugʻli, rezavorsimon yoki danakli. Bargi, poʻstlogʻi va boshqa qismlarida efir moylar ishlab chikaradigan bezchalari bor. Asosan, tropik, baʼzan subtropik iqlimda oʻsadigan 40—50 turkumga mansub 2000 dan ortiq turni oʻz ichiga oladi. Koʻp turlari (mas, lavr) ziravor sifatida foydalaniladi yoki ulardan tibbiyot va farmatsevtika uchun zarur bulgan efir moylari va kamfora olinadi. Kupchilik L. ning yogʻochi mebel ishlab chiqarish uchun xom ashyo hisoblanadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz