Laurent Depoitre




Laurent Depoitre (talaffuzi: Loran Depoitre; 1988-yil 7-dekabrda Belgiyada tugʻilgan) — belgiyalik futbolchi, „Gent“ futbol klubi hujumchisi. Belgiya terma jamoasida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati




Depoitre oʻz shahrining „Tournai“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2005-yilda u professional faoliyatini boshlagan, faoliyatining boshida u quyi divizion jamoalari hisoblangan „Péruwelz“ va „Eendracht Aalst“ futbol klublarida oʻynagan. 2012-yilning yozida Loran „Ostend“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 22-avgust kuni „Sent-Truiden“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 28-oktyabr kuni Bryusselning „White Star“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Depoitre „Ostend“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan. 2013-yilning 27-iyulida Loran „Genk“ futbol klubiga qarshi Jupil ligada debyut qilgan. 15-sentyabr kuni „Standard“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u klub safida yuqori ligadagi ilk golini urgan.

2014-yilning yozida Depoitre „Gent“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 26-iyul kuni „Cercle Brugge“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u ikkinchi boʻlimda Devid Pollet oʻrniga maydonga tushgan va debyut uchrashuvini oʻtkazgan. 3-avgust kuni „Mechelen“ futbol klubiga qarshi bahsda Loran „dubl“ni amalga oshirgan va „Gent“ futbol klubi uchun birinchi gollarini urgan. 2015-yilda u jamoaning tarixda birinchi marta chempion boʻlishiga yordam bergan. 16-iyul kuni Belgiya Superkubogi uchun „Brugge“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Depoitre yagona golga mualliflik qilgan. 9-dekabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Sankt-Peterburgning „Zenit“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Loran gol urgan.

Xalqaro faoliyati



2015-yilning 10-oktyabr kuni Depoitre Belgiya terma jamoasi safida Andorraga qarshi 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinida debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz