Laurent Ciman




Laurent Ciman ( talaffuzi: Loran Siman) — belgiyalik futbolchi, himoyachi hisoblanadi[1]. Belgiya terma jamoasida o'ynagan hamda hozirda murabbiy bo`lib faoliyat yuritadi[2].

Jamoalardagi faoliyati



2008-yil iyun oyida Laurent Ciman „Charleroi“ jamoasidan „Brugge“jamoasiga ko'chib o'tdi va klub bilan uch yillik shartnoma imzoladi, lekin u yerda maydonga tushmaganligi sabali u „Kortrijk“ klubiga bir yilga ijaraga berildi.

2010-yil 16-iyunda Laurent Ciman „Standard Liège“ jamoasi bilan to'rt yillik shartnoma imzolashga muvaffaq bo`ldi.

2015-yil 22-yanvarda Laurent Ciman „Monreal Impact“ MLS klubi bilan uch yillik shartnoma tuzdi. 2015 yilgi mavsum oxirida u MLSda yilning eng yaxshi himoyachisi deb tan olindi va ramziy terma jamoaga kirdi. Ikki marta 2015-2016-yillarda MLS yulduzlar o'yiniga tanlangan.

2017-yilning 12-dekabrida Laurent Ciman MLSning „Los-Anjeles“ yangi klubiga Raxim Edvards va Jukka Raitalga almashtirildi. U klub tarixidagi eng birinchi yosh sardor etib tayinlandi. „Los-Anjeles“ning MLSdagi debyut uchrashuvida, 2018-yilning 4-martida „Seattle Sounders“ jamoasiga qarshi o'yinda u asosiy tarkibda maydonga tushdi[13].

2018-yil 27-dekabrda Laurent Ciman „Toronto“ FC bilan shartnoma imzolab, MLSga qaytdi. 2019-yil 2-mart kuni mavsumning ochilish bosqichida „Philadelphia Union“ jamoasiga qarshi o'yinda ham ishtirok etdi.

Xalqaro karyerasi



Laurent Ciman Belgiya terma jamoasining JCh-2018 uchun 24-o'rinbosar o'yinchisi bo'lib, Vinsent Kompani jarohati sabab maydonga tusha olmagan.

Statistikasi




Yutuqlari



Jamoaviy yutuqlari
„Standart“

Shaxsiy yutuqlari

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz