Lauren James
Lauren James (2001-yil 29-sentyabrda tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, FA WSL ligasi Chelsea klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Jamoalardagi faoliyati
Arsenal
James 13 yosyhida Arsenal tomonidan tangab olingan va oʻgʻil bolalar jamoasi bilan shugʻullangan, ammo ikki yil ichida u asosiy jamoa bilan shugʻullana boshlagan. 2017-yilning 29-sentyabrida James 2017-18-yilgi mavsumda Everton ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan Lisa Evansning oʻrniga 67-daqiqada maydonga tushib, Arsenalda debyut qildi. Shu tariqa u Arsenal tarixida debyut qilgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi.
Manchester United
2018-yilning 13-iyulida James yangi tuzilgan 2018-19-yilgi FA Ayollar chempionatida ishtirok etish uchun Manchester Unitedning birinchi professional jamoasi tarkibiga kirishi eʼlon qilindi. U Manchester United safidagi debyutini 19 avgust kuni Liverpoolga qarshi Liga kubogi bahsida (1:0) oʻtkazdi. U Unitedning 2018-19-yilgi chempionat mavsumidagi birinchi oʻyinida Aston Villa mehmoni boʻlib 12:0 hisobida gʻalaba qozongan holda ikkita gol urdi. James Manchester Unitedning birinchi oyidagi magʻlubiyatsiz uchta golidan soʻng, sentyabr oyining ayollar chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2019-yilning 20-aprelida James liga doirasidagi Crystal Palacega qarshi oʻyinda (7:0) toʻrtta gol urdi.
James 2019-yil 28-sentyabr kuni Liverpoolga qarshi oʻyinda (2:0) 71-daqiqada Unitedning WSL tarixidagi ilk golini kiritdi. Ikki hafta oʻtgach, James Unitedning Tottenhamga 3:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvida ikkita sariq kartochka soʻng qizil kartochka oldi. James klub bilan ilk professional shartnomasini 16-dekabr kuni imzolagan. 2019-20-yilgi mavsum oxirida James Unitedning eng yaxshi toʻpurari boʻldi va PFA tomonidan yilning eng yaxshi ayol yosh oʻyinchisi nomzodi uchun toʻrtta oʻyinchi roʻyxatiga kiritildi.
2021-yil 27-mart kuni James West Ham United ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, hisobni ochdi. Ushbu oʻyin Old Traffordda oʻtkazilgan birinchi FA WSL oʻyini boʻldi.
Chelsea
2021-yilning 23-iyulida James Chelsea bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro karyera
Yoshlar darajasi
2017-yil aprel oyida James 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida AQShga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (2:0) debyut qildi. 2017-yil 14-oktyabrda u 2018-yilgi UEFA 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi chempionati saralash bosqichi doirasida Latviya ustidan 10:0 hisobida gʻalaba qozongan Angliya terma jamoasi sardori boʻlib, toʻrtta gol urdi.
2019-yil yanvar oyida James Algarve turniri uchun 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoaga birinchi chaqiruv oldi. 2019-yil iyul oyida James 2019-yilda Shotlandiyada boʻlib oʻtadigan 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi UEFA chempionati uchun Angliya terma jamoasiga kiritildi.
Kattalar darajasi
2020-yilning noyabr oyida James Saint George Parkdagi 29 oʻyinchidan iborat oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida birinchi marta kattalar terma jamoasiga chaqiruv oldi.
Shaxsiy hayoti
James Chelsea va Angliya terma jamoasi himoyachisi Reece Jamesning singlisi. U UEFA litsenziyasiga ega futbol murabbiyi boʻlgan otasi Nigelni ilhom sifatida keltirdi: „[U] menga har qadamda yordam berdi. Men akalarim bilan futbol oʻynab katta boʻlganman va ular kabi oʻynashni xohlardim; Men har doim oʻyinni yaxshi koʻrganman. Dadamdan menga murabbiylik qilib, eng yaxshi darajaga yetishim uchun futbolimga sarflagan barcha vaqtlari, mehnatlari va mehrlari uchun minnatdorman.“
U Londonning Whitton shahridagi Whitton maktabida tahsil olgan.
Karyera statistikasi
Klub
2021-yil 21-noyabr holatiga[20]
Faxrlar
Klub
Manchester United Individual
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org