Laura Unuk
Laura Unuk (1999-yil 9-noyabrda tugʻilgan) — sloveniyalik shaxmatchi, ayol grossmeyster va xalqaro shaxmat ustasi unvoniga ega. U oʻz yosh toifasida qizlar oʻrtasida ikki marta jahon chempioni boʻlgan, 2013-yilda esa Sloveniya ayollar oʻrtasidagi shaxmat chempion boʻlgan. Unuk Sloveniyaning eng yaxshi ayol shaxmatchisidir.
Faoliyati
Unuk turli yosh toifalarida, qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Sloveniya chempionatida bir necha bor gʻolib chiqqan. Jumladan; 10 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Sloveniya shaxmat chemponi (2009-yil),12 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Sloveniya shaxmat chemponi (2011-yil), 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Sloveniya shaxmat chemponi (2013-yil), 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Sloveniya shaxmat chemponi (2014-yil), 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Sloveniya shaxmat chemponi (2015-yil), 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Sloveniya shaxmat chemponi (2016-yil). U 2013—2014-yillarda 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Butunjahon shaxmat olimpiadalarida Sloveniya terma jamoasi safida oʻynagan. 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida u Sloveniya terma jamoasi safida olti marta (2012—2017) oʻynagan, 2014-yilda jamoaviy oltin va yakkalik oltin medalni, 2013-yilda esa shaxsiy kumush medalini qoʻlga kiritgan. 2014-yilda u Janubiy Afrikaning Durban shahrida shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Ushbu gʻalabasi uchun u FIDE tomonidan xalqaro ayollar shaxmat ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi. U Urugvayning Montevideo shahrida boʻlib oʻtgan, 2017-yilgi 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida 9½/11 (+9-1=1) hisobida eng yaqin raqibidan 1½ ochko oldinda gʻolib chiqdi.
2013-yilning avgust oyida Lyublyanada Unuk ayollar shaxmat boʻyicha Sloveniya chempionatida gʻolib chiqdi.
Unuk ayollar shaxmat olimpiadasida Sloveniya terma jamoasida oʻynagan. Jumladan;
Unuk Sloveniya terma jamoasi safida shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Yevropa jamoaviy chempionatida ishtirok etgan. Jumladan;
2021-yilda u xalqaro shaxmat ustasi unvoniga sazovor boʻldi.
Unuk 2014—2018-yilgacha Lyublyanadagi Bejigrad grammatika maktabining sport boʻlimi talabasi boʻlgan. 2018-yil oktyabr oyidan boshlab u Lyublyana universitetida biokimyo fakultetiga oʻqishga kirgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org