Laura Ross
Laura R. Smit (1988-yilda tugʻilgan), avvalgi ismi
Laura R. Ross , — amerikalik ayol shaxmatchi. Lekin bugungi kunda oʻz shaxmat faoliyatini yakunlagan, maktab oʻqituvchisi sifatida dars beradi.
Shaxmatdagi faoliyati
Laura ayol FIDE ustasi unvoniga ega. 2011-yil sentabr holatiga koʻra, uning FIDE reytingi 2142 edi Laura Smitt endilikda faol oʻyinchilar qatoriga kirmaydi, lekin u shaxmat oʻynashdan hamisha zavq oladi. Shu tufayli ham, Laura mustaqil ravishda shaxmat oʻynashdan maktab oʻquvchilari va kichik yoshdagi bolalarga dars beradi.
1998-yilda Laura Ross 10 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida sakkizinchi oʻrinni zabt etdi.
Ross Amerika Qoʻshma Shtatlari shaxmat federatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan erkak va ayol shaxmat oʻyinchilarning „Eng yaxshi 100 oʻyinchi“ roʻyxatini boshlab bergan birinchi amerikalik ayol boʻldi. 2002-yil aprel oyida u AQShda eng yuqori natijalar bilan baholangan 13 yoshli erkak va ayol shaxmatchi sifatida etirof etildi.
Laura Binghamton universitetini muvaffaqiyatli tamomlagan. Bakalavr darajasiga erishgach, magistr diplomini ham olgan.
Kollejni tugatgandan soʻng, Laura "Maktablarda shaxmat " notijorat tashkilotida dars bera boshladi. U dars berishni shunchalik yaxshi koʻrardiki, hatto, bolalar taʼlimi boʻyicha magistrlik darajasini oldi. U hozir Bruklindagi 3-sinf oʻqituvchisi va maktabda shaxmat jamoasini tashkillashtirish hamda boshqarish bilan shugʻullanadi. Shuningdek, mazkur maktab shaxmat jamoasi aʼzolariga oʻzi ustozlik qiladi.
Professional aloqalar
Professional yutuqlar
Mukofotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org