Laura Rogule




Laura Rogule (latishcha: Laura Rogule; 1988-yil 5-fevralda Riga shahrida tugʻilgan) — latviyalik ayol shaxmatchi. U ayol grossmeyster unvoniga ega.

2021-yilning noyabr oyida Riga shahrida FIDE Grand Women ayollar oʻrtasidagi Shveysariya turnirida 34-oʻrinni egalladi.

Biografiyasi



Laura Rogule 1988-yil 5-fevralda Sovet Ittifoqi tarkibiga kiruvchi Latviya SSR ning markazi (hozirgi kunda poytaxti) Riga shahrida dunyoga kelgan.

Shaxmatdagi faoliyati



Laura oʻz faoliyati davomida oʻn ikki marotaba chempionlikka erishadi, jumladan, 2003, 2005, 2006, 2009, 2010, 2011, 2013, 2015, 2016, 2020, 2021 va 2022-yillarda boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Latviya chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, 2002-yilda u 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham gʻoliblikka erishdi. 2003-yilda u FIDE tomonidan xalqaro shaxmatchi usta ayol unvonini qoʻlga kiritgan. 2012-yilda Laura Rogule Varshavada boʻlib oʻtgan blits shaxmat boʻyicha Yevropa chempionati va shaxmatning Rapid yoʻnalishi (tezkor shaxmat yoʻnalishi) boʻyicha ham Yevropa chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, gʻoliblikka munosib koʻrildi.

Laura Rogule oʻzining eng yaxshi natijasini 2010-yilning noyabr oyida namoyish etgan boʻlib, FIDE reytingi 2362 ballga teng edi.

Laura Rogule Shaxmat Olimpiadalarida Latviya nufuzi uchun dona surdi, jumladan:

Laura Rogule shaxmat boʻyicha 4-jamoaviy Yevropa chempionatida (ayollar toifasida) Latviya terma jamoasi safida oʻz oʻyinlarini olib bordi. Quyida Lauraning natijalarini koʻrishingiz mumkin:

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz