Laura Feiersinger




Laura Feiersinger (talaffuzi: Laura Fayerzinger) (1993-yil 5-aprelda tugʻilgan) — avstriyalik futbolchi, Germaniyaning Frauen-Bundesliga klubi " Ayntraxt Frankfurt " va Avstriya ayollar terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Jamoalardagi faoliyati



USK Hof, 2008—2010



Feiersinger oʻzining katta karyerasini Avstriya ligasining ÖFB-Frauenligasida USK Hof bilan boshlagan. U klubda ikki yil oʻtkazib, 36 ta mavsum oʻyinda asosiy tarkibda maydnga tushgan va 9 ta gol urgan.

Herforder SV, 2010—2011



Feyersinger Germaniya futbolining eng yuqori pogʻonasi boʻlgan Frauen-Bundesligada oʻynagan Herforder SV bilan shartnoma imzolagan. Bu harakat uning 18 yoshida uyini tark etishini sabab boʻlgan. Herforder safida oʻynab, 18 ta mavsum oʻyinda maydonga tushgan, 7 ta gol muallifiga aylangan. Fayersinger Frauen-Bundesligasidan 2-ligaga tushib ketganidan keyin klubni tark etgan.

"Bavariya", 2011—2016



Feyersinger 2011-yilda Bundesliga vakili „Bavariya“ bilan shartnoma imzolagan. Klubdagi birinchi yilida u Germaniyaning ayollar futbolidagi ikkinchi eng muhim unvoni boʻlgan DFB Pokal chempionligini qoʻlga kiritgan. 2014-yil mart oyida u ogʻir jarohat olgan yaʼni boldir va va toʻpigʻini sindirib jarohatlangan. Biroq u 2015-yilda klub bilan shartnomasini uzaytira olgan. U 2014-2015 va 2015-2016-yillarda Frauen Bundesliga chempionligini qoʻlga kiritgan. 2016-yilda ketish vaqtida Feyersinger 62 ta mavsumiy oʻyinda maydonga tushgan.

SC Sand, 2016—2018



Fayersinger 2016—2017-yilgi mavsum oldidan doimiy oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun SC Sandga koʻchib oʻtgan. Klubdagi birinchi mavsumida u 2016-17 DFB-Pokal Frauen uchun ikkinchi oʻrinni egallagan. U SC Sandni ikki mavsum, 39 ta mavsumiy oʻyin va 5 ta goldan soʻng tark etgan.

Frankfurt FFC, 2018—



Fayersinjer Bundesliga 1ning Frankfurt FFC jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2018-2019 yilgi mavsum oldidan ikki yillik shartnoma tuzilgan. Klubdagi birinchi yilida u 21 uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan.

Xalqaro faoliyati



2010-yildan buyon Avstriya terma jamoasi azosi. Avstriya bilan u 2016-yilgi Kipr kubogini qoʻlga kiritgan. U saralashdan oʻtgan va Gollandiyada boʻlib oʻtadigan birinchi yirik turnir — UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2017 musobaqasiga yoʻl olgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan. Jamoa juda yaxshi oʻynagan va yarim finalga chiqgan va Daniyaga penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgan.

Xalqaro maydondagi gollar




Shaxsiy hayoti



Feiersinger yoshligida biatlon, yengil atletika, kros va futbol kabi sport turlarini sinab koʻrgan. U Avstriya sport maktabi modeliga (SSM) kirgan va 15 yoshida futbolchi sifatida ixtisoslashishga qaror qilgan. Volfgang Fayersinger, uning otasi, sobiq futbolchi, Dortmundning „Borussiya“ sida oʻynab, chempionlar ligasida gʻolib chiqqan, shuningdek, Avstriya terma jamoasida oʻynagan.

Feiersinger, shuningdek, sport fanlari boʻyicha bakalavr darajasini olgan.

Yutuqlar



„Bavariya“

Avstriya

Shahsiy yutuqlar

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz