Laura Bretan




Laura Bretan (inglizcha: Laura Bretan; tugʻ. 2002-yil 7-aprel, Illinoys, Chikago) — amerikalik opera qoʻshiqchisi. U 2016-yilda "Amerikaning iqtidorlilari" koʻrsatuvining 11-mavsumidagi ishtiroki bilan tanilgan va u yerda 6-oʻrinni egallagan. Shuningdek, Laura 6 yoshida qoʻshiq aytishni boshlagan.

Biografiya



Laura Bretan Illinoys shtatining Chikago shahrida ruminiyalik oilada tavallud topgan. 6 yoshida qoʻshiq aytishni boshlagan. U qoʻshiq aytishni onasidan oʻrgangan. 8 yoshida esa Laura ota-onasi aʼzo boʻlgan Elim Ruminiya Pentikostali cherkovida qoʻshiq kuylashni boshlagan.

Martaba



Amerikada iqtidor bor



Lauraning tinglovi isteʼdodlar shousining 1101-nashrida boʻlib oʻtdi, u yerda u Giakkomo Puchinining „Tarandot“ asaridan „Nessun dorma“ ni ijro etdi. Spektakl Saymon Kouell, Heidi Klum, Mel B va Xoui Mandel tomonidan olqishlarga sazovor boʻldi. Lauraning chiqishlaridan hayajonlangan Mel B oltin tugmani bosib, Laurani chorak finalga yoʻlladi.

2016-yil 26-iyul kuni Laura Bretani oʻzining birinchi jonli ijrosini namoyish etdi va tomoshabinlar ovozi yordamida yarim finalga chiqdi. Keyinchalik u yana bir muvaffaqiyatli chiqish qildi, lekin tomoshabinlar ovozini oʻtkazib yubordi va Dunkin Save uchun saralashdan oʻta olmadi. Biroq Bretani hakamlar tomonidan tanlanib, finalga chiqdi. U yerda Laura „O mio babbino caro“ ni ijro etdi va yakunda umumiy hisobda 6-oʻrinni egalladi.

Ruminiyada iqtidor bor



2016-yil yanar oyida Laura Ruminiyani iqtidorlilari shousida ishtroik etib gʻolib chiqdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz