Latviya erkaklar milliy voleybol jamoasi




Latviya erkaklar milliy voleybol jamoasi (latishcha: Latvijas vīriešu volejbola izlase) voleybol boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi xalqaro musobaqalarda va oʻrtoqlik uchrashuvlarida Latviya sharafini himoya qiluvchi terma jamoa. U Latviya voleybol federatsiyasi tomonidan nazoratga olingan va xalqaro voleybol musobaqalarida ishtirok etadi.

Jamoa 1991-yilda Latviya toʻliq mustaqillikka erishgandan soʻng, oradan koʻp oʻtmay tuzilgan. Jamoa oʻtgan yillar davomida koʻplab turnirlarda ishtirok etgan ammo tajribasizlik tufayli barchasida saralash bosqichidayoq magʻlubiyatga uchragan. Milliy terma jamoaning 1991-yildan to 2020-yilga qadar erishgan eng katta yutugʻi bu 1995-yilda Gretsiyada boʻlib oʻtgan erkaklar oʻrtasidagi voleybol boʻyicha Yevropa chempionatining guruh bosqichiga yoʻllanma olishi boʻldi. Oʻyin yakunida jamoa 11-oʻrinni egallagan edi.

2020-yil sentyabr oyida jamoa Kipr terma jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etib, Yevropa chempionatlaridagi 26 yillik tanaffusidan soʻng D saralash bosqichida birinchi oʻrinni egalladi va erkaklar oʻrtasidagi voleybol boʻyicha 2021-yilgi Yevropa chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Chempionat yakunini jamoa 16-oʻrinda yakunladi.

Jahon ligasi keyinchalik millatlar ligasida ham doimiy ishtirok etib kelgan. Lekin deyarli barcha oʻyinlarda saralash bahslarida magʻlubiyatga uchragan. 2020-yilda terma jamoa Millatlar ligasida Italiyaga qarshi oʻynashi kutilayotgan edi. Lekin COVID-19 pandemiyasi tufayli oʻyin bekor qilindi.

Natijalar



Yevropa chempionati



     Gʻoliblar        2-oʻrin       3-oʻrin       4-oʻrin

Jahon ligasi / Millatlar ligasi



     Gʻoliblar        2-oʻrin       3-oʻrin       4-oʻrin

Yevropa Ligasi



     Gʻoliblar        2-oʻrin       3-oʻrin       4-oʻrin

Yetkazib beruvchi hamkorlar




Hozirgi tarkib



Quyida Latviya jamoasining 2019-yilgi CEV Voleybol Yevropa Oltin Ligasi baxsi uchun tuzilgan jamoa roʻyxati berilgan.

Bosh murabbiy: Avo Keel

Boshqa jamoalar




Oʻsmir yoshlar jamoasi 2012-yilgi oʻsmirlar voleyboli boʻyicha CEV Yevropa chempionatida ishtirok etdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz