Latunlash




Jezlash , latunlash — metall (asosan, poʻlat) buyumlar sirtiga tarkibi mis (70%) va rux (30%) dan iborat yupqa (bir necha mkm) qatlamni qoplash. Asosan, elektrgalvanik usulda, yaʼni galvanik vannasida jezni choʻktirish usulida amalga oshiriladi. J. titan va titan qotishmalarining yedirilishiga qarshi xossalarini yaxshilash, buyumlarni zanglash (korroziya) dan asrash, qizdirib presslashda poʻlat hamda alyuminiy buyumlarning rezina bilan yaxshi tishlashishini taʼminlash maqsadida qilinadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz