Latte




Latte (italyancha: caffè latte [kaffeˈlatte] — "sutli qahva ") ― asli Italiyadan kelib chiqqan, sut (italyancha: latte) va espressodan tayyorlanuvchi qahva. Lattening asosini sut tashkil qiladi. Finjon yoki bokalda sut, espresso va koʻpikning uch qavatlik aralashmasini hosil qilinadi.

Tayyorlanishi



Italiyada latte uyda tayyorlanib, odatda faqat tushlikka qadar ichiladi. Latte moka va bir stakan isitilgan sut yordamida tayyorlanadi. Koʻpincha, latte espressodan tayyorlanadi, u ham issiq, ham sovuq sut koʻpirtirilib toʻldiriladi. Bunday ichimlikdagi espresso, koʻpirtirilgan sut va sut koʻpigining nisbati 1: (2 yoki 3): 1 boʻladi, bu ichimlikning oʻziga xos taʼmini, aromatik va estetik xususiyatlarini his etish imkonini beradi.

Qoʻshimcha taʼm sezgilarini uygʻotish uchun koʻpikli lattega koʻpincha dolchin, shokolad yoki yongʻoq parchalari kabilar qoʻshiladi. Amaretto siropi qoʻshilishi ham mumkin. Shinavandalar qahvaning achchiq taʼmi va amaretto likyorining kombinatsiyasi ajoyib taʼmga ega boʻlishini, bu esa hech bir qahvaxoʻrni befarq qoldirmasligini taʼkidlashadi.

Dasturxonga tortish




Oʻxshash ichimliklardan farqlari




Latte va latte macchiato



Latte latte macchiato ichimlipiga oʻxshaydi. Latte macchiatodan asosiy farqi shundaki, u tayyorlanganda sutga kofe qoʻshiladi (lattedagi kabi qahvaga sut emas) va ichimlikni tayyorlashda sut, espresso, sut koʻpigi ketma-ket solinadi.

Latte qahvaga kuchli taʼm beradi, latte macchiato — bu sut.

Latte va sutli qahva



Latte retsepti fransuz ichimligi "sutli qahva" (fransuzcha: Café au lait)ga oʻxshaydi. Ushbu ichimliklar oʻrtasidagi asosiy farqlar uning tayyorlanish texnologiyasi va dasturxonga uzatish uslubida:

Latte va kapuchino



Lattening bir portsiyasi Irland qahva stakanida (240-360 ml) beriladi, tabiiyki, dasturxonga finjonlarda (150-180 ml) beriladigan kappuchinoga nisbatan kattaroq hajmga ega. Shu bilan birga, espressoning bir xil miqdorda solinadi. Kappuchino hajmi sutning bir qismi solinganligi tufayli latte bilan solishtirganda kamroq boʻladi (espresso, sut va sut koʻpiklarining nisbati klassik lattedan farqli oʻlaroq bir xil). Servirovkasi va ingredientlarning nisbati bilan bir qatorda, kapuchinoning koʻpigining zichligi bilan lattedan farq qiladi. Koʻpikni isteʼmol qilish uchun qoshiq talab qilinadi.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz