Latif Nasriddinov




Latif Nasriddinov (1918 - Toshkent — 1943) — 20-asr oʻzbek rangtasvirchi rassomlaridan. Toshkent rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1934—38). Natyurmort, portret janrida ijod qilgan. Ijodini portretlar yaratish bilan boshlagan. Rassom asarlarida shaxslar oʻychan holatda tasvirlangan ("Ota portreti", 1938 va boshqalar), boʻyoq qatlami qalin ishlatilgan hamda puxta va pishiq yotqizilgan, tasvir shakli va ranglar jozibali va ifodali boʻlishi vositasida badiiy obrazlar yaratishga erishgan ("Ona" portreta, 1940; "Avtoportret", 1942 va boshqalar). Natyurmortlar, lavhalar, "Layli va Majnun uchrashuvi", "Layli iztirobi", "Majnun sahroda", "Majnun oʻlimi" kabi kompozitsiyalar yaratgan. Asarlari Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida saqlanadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz