LATANIYA
LATANIYA (Latania) — palmadoshlar oilasiga mansub doim yashil o’simliklar turkumi. Maskaren orollarida 3 turi bor. Poyasining uzunligi 10-12 metr, bargi elpig’ichsimon. Manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi. Xonalarda yoki ochiq yerda o’stiriladigan (Janubda) Sharqiy Osiyo liviston palmasi ham gulchilikda ba’zan “Lataniya” deb ataladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz