Lasse Shyone




Lasse Schöne (talaffuzi: Lasse Shyone; 1986-yil 27-mayda tugʻilgan) — daniyalik professional futbolchi, Erediviziya klubi NEC va Daniya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



De Graafschap



Glostrup shahrida tugʻilgan Schöne ilk faoliyatini Himmelev-Veddelev BK bilan boshlagan va keyin esa Lyngbyga oʻtgan. 2002-yilda Erediviziya klubining Heerenven yoshlar jamoasiga oʻtdi. Jamoa bilan toʻrt yil davomida birorta liga oʻyinlarida oʻynamadi, keyin 2006-yilda Eerste Divisie klubi De Graafschapga oʻtdi. De Graafchap bilan oʻtkazgan ikki mavsumida 70 ta oʻyinda 12 ta gol urdi.

NEC



Schöne NEC bilan 2008-yilning yozida shartnoma imzoladi. 2008-yilning dekabr oyida Moskvaning Spartak klubiga qarshi oʻyinda gʻalaba golini kiritdi va bu jamoani UEFA kubogining keyingi bosqichiga olib chiqdi. Klub va muxlislar uni NEC yilning eng yaxshi oʻyinchisi sifatida tanladilar.

Ajax



2012-yilning 18-aprelida Schöne 2015-yilgacha amal qiladigan shartnoma asosida Ajaxga o‘tdi. 2015-yilning 2-martida 2017-yilning yoziga qadar, 2017-yilning 22-fevralida esa 2019-yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.

Genoa



2019-yilning 9-avgustida Schöne ikki yillik shartnoma asosida A Seriyaning Genoa klubiga o‘tdi. Xabar qilinishicha, toʻlov 1,5 million yevroni tashkil qilgan. Milanga qarshi gʻalabali oʻyinda (2:1) debyut golini kiritdi. Ammo, oʻsha uchrashuvning 90-daqiqasidagi penaltini amalga oshira olmadi.

Heerenven



2021-yilning 11-fevralida Schöne SC Heerenven bilan olti oylik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.

NECga qaytish



2021-yil 9-iyun kuni Schöne NECga qaytib, 2023-yilning yoziga qadar amal qiladigan ikki yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.

Xalqaro faoliyati



Yoshlar



Schöne xalqaro faoliyatini Daniyaning 16 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasida boshlagan. 2001-yilning avgust oyida debyutida gol urgan. 2002-yilning iyulidan 2004-yilning martigacha 17 yoshgacha va 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoalar safida jami oʻnta oʻyin oʻtkazgan va bitta gol urgan. 2007-yilning mart oyida 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoada debyut qilgan. 2008-yilning oktyabrigacha jami toʻqqizta oʻyin oʻtkazgan va bitta gol urgan.

Professional



2009-yil 12-avgustda Daniya terma jamoasi safida Chiliga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan va oʻyinning 47-daqiqasida gol urgan.

2010-yilda Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatida tizzasidan olgan jarohati sabab maydonga tusha olmadi.

2018-yilda Daniya terma jamoasining 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoasiga kiritildi. Uchta oʻyinda maydonga tushdi.

Faoliyat statistikasi



Klub



17-fevral, 2021-yil[14]

Xalqaro




28-mart, 2021-yil[15]

Yutuqlari



De Graafschap

Ajax

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz