Laspetsiya




Spetsiya , La Spetsiya — Italiyaning shimoliy qismidagi shahar. Spetsiya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 91 ming kishi (2001). Liguri dengizi sohilidagi port. Mashinasozlik (xususan, kemasozlik), neftni qayta ishlash sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Mamlakatda eng yirik issiklik elektr stansiyasi qurilgan. Dengiz va arxeologiya muzeylari bor. Shahar 12-asrdan maʼlum. 14—16-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Turizm rivojlangan. Harbiy dengiz bazasi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz