Las-Palmas




Las-palmas — Ispaniyadagi shahar, Kanar orollari tarkibidagi Gran-Kanariya orolda. Las-Palmas provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 352,6 ming kishi (1998). Transatlantika aloqalarining muhim tranzit punkti. Xalqaro ahamiyatdagi kema tuzatish va taʼmirlash markazi va bunker bazasi. Baliq ovlanadi. Meva-konserva va baliqni qayta ishlash korxonalari, sanʼat muzeyi bor. Dengiz boʻyi iqlim kurorti. Shaharga 1478-yilda asos solingan. 15-asrga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz