Larysa Varona




Larysa Varona , shuningdek, Larisa Varona nomi bilan tanilgan (1983-yil 22-yanvarda tugʻilgan) — belaruslik changʻichi, biatlonchi va eshkak eshish bilan shugʻulanuvchi sportchi. U Belorussiyani 4 ta qishki Paralimpiya oʻyinlarida changʻi sporti va biatlon boʻyicha (2006, 2010, 2014 va 2018) va eshkak eshish boʻyicha 2012-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Belarusiya jamoasi sharafni munosib himoya qilgan.

Biografiya



Larisa Varona 1983-yil 22-yanvarda tayanch-harakat nuqsoni bilan tugʻilgan. Shu nuqsoni sabab Larisa Varona Olimiyada o'uinlarida emas balki Paralimpiya o'yinlarida qatnashgan. U oʻn bir yoshida changʻi uchish bilan mustaqil ravishda shug'ullana boshlagan. Larisa Varona 23 yoshida Belarusiya sharafni Qishki Paralimpiya o'yinlarida himoya qila boshlagan.

Faoliyati



U 2006-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlarida 23 yoshida Belarus uchun Paralimpiya oʻyinlarida debyut qilgan va oʻzining birinchi Paralimpiya musobaqasida ayollar oʻrtasida changʻida 3 × 2,5 km estafeta ochiq toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Larysa Varona 2006-yilgi Qishki Paralimpiya o'yinlarida Belarussiya terma jamoasi tarkibida sovrindor boʻlgan eng yosh sportchi bolgan. Varona, shuningdek, 2010-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlarida ayollar changʻisi 3 x 2,5 km ochiq estafeta va changʻi boʻyicha 5 km klassik musobaqalarda 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan. U 2014-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlarida ham qatnashgan, ammo bu musobaqada Varona sovrindorlar qatorida bo'lmagan.

Varona xalqaro eshkak eshish musobaqalarida ham qatnashgan va 2012-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida o'z ona yurtni himoya qilish imkoniyatini qoʻlga kiritgan va aralash toʻrtlik musobaqalarida qatnashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz