Lars Alfors




Lars Ahlfors (talaffuzi: Lars Alfors) (18-aprel 1907 – 11-oktyabr 1996) – finlandiyalik matematik. Ahlfors Riemann yuzalari sohasidagi faoliyati bilan tanilgan. 1936-yil Jesse Douglas bilan birgalikda ilk Fields medali bilan taqdirlangan. 1981-yilda esa Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Ahlfors Helsinki shahrida tugʻilgan. Onasi Sievä Helander uni tugʻayotib vafot etgan. Ahlfors 1928-yil Helsinki uninversitetini tamomlagan. 1930-yil ayni universitetdan PhD darajasini olgan. 1933–1936-yillarda shu universitetda ishlagan. 1946-yildan 1977-yil nafaqaga chiqqunicha Harvard universitetida ishlagan. Shuningdek, 1962–1966-yillarda Perspektiv tadqiqotlar institutida mehmon professor oʻlaroq ishlagan.

Ahlforsning „Kompleks analiz“ (inglizcha: Complex Analysis) (1953) kitobi ushbu sohadagi klassik asarga aylangan. Shuningdek, „Riemann yuzalari“ (inglizcha: Riemann surfaces) (1960) hamda „Konform invariantlar“ (inglizcha: Conformal invariants) (1973) kitoblari muallifi. Olim 1968-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz