Larisa Sycheva




Larisa Borisovna Sycheva (1954-yil 18-martda tugʻilgan) – rus balet raqqosi va o'qituvchisi, Rossiya xalq artisti (1995), 1978-1994-yillar davomida Krasnoyarsk davlat opera va balet teatrining solisti.

Biografiyasi



Larisa Borisovna 1954-yil 18-martda Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Srednechirchiq tumanidagi Kuchlyuk stansiyasida tugʻilgan.

1972-yilda Toshkent xoreografiya bilim yurtini tamomlagan. 1972-74-yillarda Leningrad xoreografiya bilim yurtida tahsil olgan. 1979-yilda Opera va balet teatrida amaliyotani SSSR xalq artisti Nineli Kurgapkinaning sinfida tamomlagan.

1983-yilda u Bolshoy teatrida SSSR xalq artisti Marina Semyonova sinfida tahsil oldi. 2013-yilda Krasnoyarsk davlat musiqa va teatr akademiyasini tamomladi.

1974-yildan Abay nomidagi Qozogʻiston davlat akademik opera va balet teatri solisti, 1978-yildan Krasnoyarsk davlat opera va balet teatri solisti boʻldi.

Larisa Sycheva 1994-yilda sahnani tark etdi.

Larisa Sycheva dramatik balerina boʻlgan va ijro etgan rolining xarakterini chuqur ochib berishi bilan ajralib turargan. Uning raqslari kichik harakatlarni mohirona bajarilishi va engil balandlikka sakrashi bilan ajralib turardi.

1979-yildan Larisa Sycheva Krasnoyarsk xoreografiya maktabida oʻqituvchi, 1993-94-yillarda Krasnoyarsk opera va balet teatri balet truppasining badiiy rahbari boʻlgan.

Sibir davlat sanʼat institutida xoreografiya sanʼati kafedrasi mudiri va professor boʻlgan.

Talabalari orasida Rossiyada xizmat koʻrsatgan artistlar Irina Ablitsova, Vera Arbuzova, Natalya Hakimova, Alla Yuximchuk va Tataristonda xizmat koʻrsatgan artistlar Kristina Andreeva, Anna Ol hamda xalqaro tanlovlar laureatlari ham bor.

Larisa Sycheva SSSR boʻylab va Ispaniya, Portugaliya, Yugoslaviya, Norvegiya kabi davlatlarda gastrollarda boʻlgan.

Ishtirok etgan baletlaridagi rollari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz