Larisa Moskalyova




Larisa Moskalyova  – Oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida qoʻshiq ijro etuvchi oʻzbek xonandasi. U „Marvarid“ taxallusida ham ijod qiladi.

Biografiyasi



Larisa Moskalyova – 1974-yil 28-sentyabrda Oʻzbekiston SSRning Jizzax shahrida tugʻilgan. Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi davlat madaniyat institutini aʼlo baholarga tamomladi. Madaniyatshunoslik yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasiga ega.

Bolaligidan oʻz hayotini sahnaga bagʻishladi va turli musiqiy guruhlarda vokalchi sifatida faoliyat yuritdi. 1992-yildan „Ilhom“ nomli teatrida spektakllarda rol ijro etdi. Undan keyin esa, „Oloviddin“ nomli musiqa va drama teatrida ishladi. Bir yildan ortiq vaqt davomida u "Sport" davlat telekanalida „Rondo“ interaktiv tok-shousining boshlovchisi sifatida ishlagan. Shuningdek, Larisa Oʻzbekistonda taekvondo (WTF) boʻyicha qora belbogʻni himoya qilgan birinchi ayol boʻldi. U Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va shu bilan birga muvaffaqiyatli murabbiylik faoliyati bilan ham shugʻullangan.

Yutuqlari




Shaxsiy hayoti



Oʻzining yakkaxon faoliyatida, Isroil, Germaniya, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va boshqa mamlakatlarda ijodiy safarlarda boʻldi. Faoliyati davomida 2 ta musiqiy filmda rol ijro etgan. Farruh Zokirovning „Manzura“ va „Super yulduz“ musiqiy kliplari shular jumlasidandir. Oʻzbekiston va xorijda oʻtkazilgan Oʻzbekiston mustaqillik bayramlari va konsertlarida faol qatnashdi. Larisa turmush qurgan, ikki nafar farzandi bor. U yosh shogirdlari bilan musiqa yozishni va ijro etishni yaxshi koʻradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz