Larisa Kadirova




Larisa Xamidovna ( shuningdek Nikolayevna ) Kadirova (ukraincha: Лариса Хамидівна (Миколаївна) Кадирова, 1943-yil 10-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet va ukraina teatr va kino aktrisasi, teatr va jamoat arbobi. Ukraina SSR xalq artisti (1982).

Tarjimai holi



Larisa 1943-yil 10-sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Mariya Zankovetskaya nomidagi Lvov Ukraina drama teatri qoshidagi drama studiyasini (1963, Boris Tyagno ustaxonasi) va I. K. Karpenko-Kari nomidagi Kiyev teatr sanʼat institutini (1981) tamomlagan.

Aktrisa 1963–1993-yillarda Zankovetskaya nomidagi Lvov Ukraina drama teatrida oʻz faoliyatini boshlagan. Larisa teatrdagi faoliyati bilan bir qatorda, Ilya Repin nomidagi rassomchilik, haykaltaroshlik va arxitektura institutida oʻqigan.

1993-yildan I. Y. Franko nomidagi Milliy Ukraina drama teatri va „Sozvezdiye“ teatrida aktrisa boʻlgan.

Larisa Xamidovna 1993-yildan „Xalqaro teatr instituti“ xalqaro xayriya tashkiloti (Ukraina markazi) prezidenti boʻlib faoliyat yuritgan. 1992–2000-yillarda Ukraina Milliy teatr arboblari uyushmasida rahbar oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

1998-yildan P. I. Chaykovskiy nomidagi Milliy musiqa akademiyasida professor lavozimida ishlagan.

Larisa Kultura telekanalida (Kiyev) bir qator dasturlar muallifi va boshlovchisi hamdir.

Aktrisa 1998-yilda "Bosporsiye agoni" xalqaro qadimiy san'at festivaliga asos solgan (Kerch, Simferopol) va hakamlar hay’atiga boshchilik qilgan. 2004-yildan "Mariya" ayollar monodramasi xalqaro festivalining badiiy rahbari bo'lgan.

Mukofotlari



Larisa Ukraina SSR xalq artisti (1982) va Qrim Avtonom Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (2001). Ukraina teatr sanʼati rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Taras Shevchenko nomidagi Ukraina Milliy mukofoti (2009) sovrindori boʻlgan. „Buyuk xizmatlari uchun“ 3-darajali orden sohibasi (2014).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz