Larisa Davats




Larisa Iosifovna Davats (1937, Tyanszin sh., XXR hududida) — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1987). Moskva rassomlik institutida taʼlim olgan (1958—64). 1964-yildan Oʻzbekistonda. D.ning mahorat bilan yaratgan asarlari koʻtarilgan mavzular mazmunini anik, ochib bera olishi bilan ajralib turadi: "Qirgʻiziston" turkumi (guash, 1967, 1973), "Kutish" (1985), "Urushga yoʻl yoʻq" triptixi (1986) va b. oq-qora, rangli asarlari shular jumlasidan. Oʻzbekistan (mas, S. Axmad, S. Zunnunova, A. Oripov), Qirgʻiziston (Ch. Aytmatov) va b. kardosh xalqlar, shuningdek, chet mamlakatlar (U. Uitmen, AQSH) mumtoz yozuvchilarining asarlarini badiiy bezadi. Soʻnggi yillarda rangtasvirda ijod qilmoqda ("Yoshlik xotiralari", "Dengiz chigʻanoqlari" va boshqalar).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz