Laringofon




Laringofon (laringo... va fon) — hiqildoqqa tegib turadigan qilib taqiladigan mikrofon; hiqildoq boylamlari va togʻaylarining mexanik tebranishlarini elektr tebraninshlariga aylantiradi. Odatda, boshga kiyiladigan shlemofon bilan birga shlem tasmalariga oʻrnatilib, hiqildoqning ikki tomonida turadi. Shovqinli sharoitda, odatdagi mikrofondan foydalanib boʻlmaydigan joylarda (samolyot, tank va boshqalarda) radio yoki telefon orqali gaplashishda ishlatiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz