Largo




Largo (ital. Largo — keng) — musiqada eng sekin ijro surʼatining belgisi. Asosan, ulugʻvor, tantanavor hamda motamsaro asarlarda, keng, vazmin va ravon kuy rivojiga nisbatan ishlatiladi. Dastlab (17-asrda) faqat sarabanda raqsi uslubida ijro etilgan asarlarda koʻllanilgan. 18-asrdan (ayniqsa, Betxoven ijodidan boshlab) oʻta salobatli talqinga ega boʻldi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz