Laptev dengizi




Laptevlar dengizi  — Shimoliy Muz okeanining chekka dengizi.

Joylashuvi



Janubdan Osiyo qirgʻoqlari, gʻarbdan Taymir yarim oroli va Severnaya Zemlya orallari, sharqdan Novosibirsk orallari bilan oʻralgan. Boʻgʻozlar orqali gʻarbda Kara dengizi, sharqda Sharqiy Sibir dengizi bilan tutashgan.

Tavsifi



Maydoni 700,000 km (270,000 mi²). Dengizning oʻrtacha chuqurligi 50 m ni, maksimal chuqurligi esa 3385 m ni tashkil etadi.
Yirik qoʻltiqlari:

Dengizning gʻarbiy qismida orollar koʻp. Dengizga Xatanga, Lena, Yana va boshqa daryolarning suvi quyiladi.

Iqlimi



Laptevlar dengizi iqlimi arktika iqlimi. Yanvardagi oʻrtacha harorat —31°, —34° (minimum harorat —50°), iyulniki 6—7° (maksimum harorat 24°) ni tashkil etadi. Yiliga 100 mm yogʻin tushadi. Dengiz yilning koʻp qismida muz bilan qoplangan holda yotadi.

Hayvonot dunyosi



Morj, dengiz quyoni, nerpa, baliq va boshqa jonivorlar yashaydi. Asosiy porti — Tiksi porti hisoblanadi. Dengiz Arktika tadqiqotchilari D.Ya. Laptev va X. P. Laptevlar nomiga shunday deb nomlangan

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz