La-Plata (shahar)




La-plata — Argentinadagi shahar, mamlakatning sharqiy qismida. La-Plata qoʻltigʻining jan. sohilidagi port. Buenos-Ayres provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 553 ming kishi (2001). Savdo va sanoat markazi. Temir yoʻl tuguni. Yetakchi sanoat tarmogʻi — neftni qayta ishlash va neft kimyosi. Oziq-ovqat, metallsozlik, toʻqimachilik, sement sanoati korxonalari mavjud. Universitet, rasadxona, muzeylar bor. Shaharga 1882-yilda asos solingan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz