La-plata pasttekisligi




La-plata pasttekisligi -Jan. Amerikadagi Ichki tekisliklarning sharqiy qismi. Braziliya, Paragvay va Argentina hududida. Paragvay-Parana daryolari sohili boʻylab kengligi sharqdan-gʻarbga 900 km, uzunli-gi shim.dan janubga 2400 km ga choʻzilgan. L-La-Plata pasttekisligi Janubiy Amerika platformasining kontinental jinslar, asosan, kaynozoy choʻkindilari bilan toʻlgan sineklizasidir. Shimoliy qismi tropik iqlimli, yozi seryomgʻir; siyrak oʻrmon va botqoqliklar bor. Janubiy qismi subtropik iqlimli, yogʻin yil davomida bir meʼyorda yogʻadi, dasht oʻsimliklari oʻsadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz