LA-PLATA



LA-PLATA — Atlantika okeanidagi qo’ltiq. Janubiy Amerikaning Janubi-sharqida. Parana va Urugvay daryolari estuariysi. Uzunligi 320 kilometr, kengligi 220 kilometr chamasida, chuqurligi 10-20 metr. Qo’ltiq sohilida Buenos-Ayres va Montevideo shahar va portlari joylashgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz